Автор работы: Пользователь скрыл имя, 19 Ноября 2013 в 15:09, курс лекций
Insoniyatning yaqin kelajagida katta ahamiyatga ega bo’lishi kutilayotgan tabiiy resurs turlaridan biri Dunyo okeani resurslaridir. U amalda bitmas-tuganmas xazinadir.
Bu xazinaning dastlabki xili dengiz va okean suvining o’zidir. U yer yuzi gidrosferasining 96,5 foizini tashkil qiladi. Dengiz suvlarining eng muhim xususiyatlaridan biri unda D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi 75 xil kimyoviy elementning erigan holda mavjudligidir. Shu sababli suvni tabiatning eng muhim minerali deb ham hisoblaydilar.
DUNYO OKEANLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOSI
DUNYO OKEANLARI HAQIDA
Insoniyatning yaqin kelajagida katta ahamiyatga ega bo’lishi kutilayotgan tabiiy resurs turlaridan biri Dunyo okeani resurslaridir. U amalda bitmas-tuganmas xazinadir.
Bu xazinaning dastlabki xili dengiz va okean suvining o’zidir. U yer yuzi gidrosferasining 96,5 foizini tashkil qiladi. Dengiz suvlarining eng muhim xususiyatlaridan biri unda D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi 75 xil kimyoviy elementning erigan holda mavjudligidir. Shu sababli suvni tabiatning eng muhim minerali deb ham hisoblaydilar.
DUNYO OKEANI BOYLIKLARI
Dunyo okeani suvida eng ko’p erigan holda uchraydigan boyliklardan biri tuzdir. Qadim zamonlardayoq dengiz suvidan osh tuzi ajratib olishga erishilgan. Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda hozir ham tuz olishda dengiz suvidan foydalanishadi. Umuman hozirgi vaqtda dunyo bo’yicha iste’moldagi tuzning 1/3 qismi dengiz suvlaridan olinmoqda. Dengiz suvlarida magniy, oltingugurt, broni, yod, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin kabi elementlar mavjud. Ulardan hozirgi paytda magniy, brom kabi elementlar ajratib olinmoqda. Boshqa xildagi yana bir muhim boylik turi Dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir. Quruqlikda uchraydigan deyarli barcha turdagi mineral resurslar dengiz va okean sayozliklarida (shelf) ham mavjud
DUNYO OKENI FOYDALANISHNING ASOSIY MUAMMOLARI
Dunyo okean
suvlarini oir metallar bilan ifloslanishi juda xavflidir. Dunyo bo`yicha
simobning (9-10 ming tonna) 30-35% i, qo`roshinning 2 mln. tonnasi okeanga
tushayapti. Yaqinda Xitoydagi zavod avariyasidan Amur daryosiga oqqan
nitrobenzol, kadmiy va boshqa moddalar daryo suvini ancha ifloslantirdi.
Okean suvlariga
neft to`kilganda suv yuzasini parda qoplab, okean va atmosfera o`rtasida
issiqlik, gaz almashinuvi jarayonini buzadi. Oqibatda tabiatda suvning
aylanma harakati, okean yuzasining radioaktiv hususiyatlari o`zgarib,
suvdagi hayvon va o`simliklarning nafas olishi, hayotini qiyinlashtiradi.
Suv o`zining erituvchanlik hususiyati bilan erda hayotni ta`minlab turibdi. Sayyoramizning to`rtdan uch qismini suv tashkil etsa ham, uning 1-2% ichishga yaroqlidir. Hozirgi vaqtda sayyoramizda ichimlik suvi katastrofik darajada kamayib ketmoqda. Uning kamayishini asosiy sababi oldingi ichishga yaroqli bo`lgan suv havzalarini ifloslantirish, ba`zi kimyoviy zavodlarda undan ko`p foydalanish orqali sodir bo`layapti
MUAMMO YECHIMI
Okean suvlarini ifloslanishini oldini olish uchun barcha mamlakatlar birgalikda amaliy chora ko`rishlari kerak. Bu ish zudlik bilan amalga oshirilmasa mashhur fransuz okeanologi Jak Kustoning umidsiz bashoraticha “sanoat va turizm rivojlangan yirik davlatlar zaharlashni to`xtatmas ekanlar, asrimizning so`ngidayoq okeanlarga hayot yo`qoladi.”.
1