Ma'muriy-huquqiy munosabatlar
Reja:
1. Ma`muriy huquq tushunchasi
2. Ma`muriy javobgarlik va ma`muriy jazo
3. Ma`muriy-huquqiy munosabatlar, ma`muriy-huquqiy normalar
Ma`muriy huquq tushunchasi. Ma`muriy huquq
– bu davlat organlarining ijro etuvshi
va farmoyish beruvchi faoliyatini tashkil etish
hamda amalga oshirishda paydo bo`ladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar
majmuidir.
Har qanday boshqaruv jamiyatda yuzaga keladigan
turli munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Jamiyatda mavjud bo`lgan boshqaruv ijtimoiy
boshqaruv hisoblanib, davlat boshqaruvi uning
asosiy turlaridan biri sanaladi. Jamiyatda
davlat boshqaruvidan tashqari ham boshqaruv
mavjud bo`lsada, ma`muriy huquq faqat davlat
boshqaruvi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga
soladi.
Davlat boshqaruvi jamiyat a`zolarining birgalikdagi
harakatlarning bir-biriga mosligini va intizomini
ham ta`minlaydi. Davlat boshqaruvini davlat
boshqaruv organlarining amaliy faoliyati kabi
belgilash mumkin, u davlat faoliyati ko`rinishida
namoyon bo`ladi, uning o`ziga xosligi davlat
funksiyalarini amalga oshirishga oid kundalik
amaliy ishlarni tashkil etishdan iboratdir.
Davlat boshqaruvi – bu tashkil etuvchi
faoliyatdir. Turli darajadagi ijro etuvchi
va boshqaruvchi faoliyat davomida xo`jalik
yuritish, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilish
sohasidagi vazifalarni bajaruvchi kishilarning birgalikdagi
faoliyati tashkil etiladi. Bu maqsadda davlat
boshqaruv organlari boshqarish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishni amalga oshiradilar, boshqariladigan
tizimlarning faoliyat ko`rsatish bilan bog`liq
umumiy masalalarni hal qiladilar, boshqarish
munosabatlari qatnashchilarining faoliyatlarini birlashtiradilar
va muvofiqlashtiradilar.
Davlat boshqaruvi jamiyat turmushining qandaydir
alohida elementini emas, balki uning barcha
sohasini qamrab oladi. Davlat boshqaruvi organlarining
funksiyalari quyidagilar:
- istiqbolni belgilash;
- rejalashtirish;
- tashkil etish;
- tartibga solish;
- umumiy rahbarlik;
- tezkor (operativ) farmoyish berish;
- muvofiqlashtirish;
- kuzatuvlar va nazoratni amalga oshirish.
Ma`muriy javobgarlik va ma`muriy jazo. Ma`muriy
javobgarlik-bu yuridik javobgarlikning bir turidir.
Unga ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etishda
(hatti-harakat qilgan) aybdor bo`lgan shaxslar
tortiladi.
Ma`muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma`muriy javobgarlikka
tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga,
mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi
g`ayriqonuniy, aybli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan
harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi
Kodeks,10-modda).
Ma`muriy huquqbuzarlikning eng muhim belgilaridan biri g`ayriqonuniylikdir.
Bu g`ayriqonuniy harakat kabi g`ayriqonuniy harakatsiz bo`lishi mumkin.
Masalan, ko`chadan o`tish qoidasining piyoda tomonidan buzilishi –g`ayriqonuniy
harakatdir.
Harbiy xizmatga chaqiriluvshi uzrli sabablarsiz
mudofaa ishlari vazirligi organlariga kelmasa
– bu g`ayriqonuniy harakatsizlikdir.
Ma`muriy huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik
orqasida sodir etiladi. Qasddan qilingan huquqbuzarlikka
mayda bezorilik, ta`qiqlangan usul bilan ov
qilish kiradi. Ehtiyotsizlik bilan sodir etilganlarga
– yong`in xavfsizligi, mehnat muhofazasi
qoidalarini buzishlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasida ma`muriy javobgarlik
fuqarolarga nisbatan 16 yoshga to`lgandan
boshlab kuchga kiradi (13-modda).
Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan
18 yoshgasha bo`lgan shaxslarga voyaga etmaganlar
ishlari bo`yicha komissiyalar to`g`risidagi nizomda
nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi. 16-yoshgasha
bo`lgan shaxslar uchun huquqbuzarning ota-onasi
yoki vasiysi javobgarlikka tortiladi.
Harbiy xizmatchilar va IIV xodimlari ma`muriy
huquqbuzarliklar uchun intizom ustaviga ko`ra
javobgar bo`ladilar. Faqat yo`l harakati, ov
qilish, baliq tutish, bojxona qoidalarini buzganlik
uchun ular umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladilar.
Qonun ma`muriy javobgarlikdan ozod qilish
asosini nazarda tutadi. Bunga:
- zaruriy mudofaa;
- oxirgi zarurat;
- aqli norasolik;
- zararli oqibatning arzimasligi ( yoki
umuman zarar etmagan bo`lsa). Kabi holatlar
kiradi.
Ma`muriy jazo ma`muriy huquqbuzarlik uchun
javobgarlik mezoni chorasi hisoblanadi. Ma`muriy
jazo javobgarlikka tortish chorasi bo`lib,
u ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni
qonunlarga rioya etish va ularni hurmat
qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu
huquqbuzarning o`zi tomonidan ham, boshqa shaxslar
tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining
oldini olish maqsadida qo`llaniladi.
Ma`muriy jazo turlari:
1. Jarima-ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishda
aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Uning miqdori eng kam oylik ish haqidan
kelib chiqqan holda belgilanadi. Eng kam
miqdori eng kam ish haqining ellikdan
bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa, o`ndan
bir qismidan kam bo`lmasligi kerak. Eng
ko`p miqdori eng kam ish haqining besh
baravaridan, mansabdor shaxslarga esa, o`n
baravaridan oshmasligi kerak.
2. Haqini to`lash sharti bilan olib
qo`yish –huquqbuzarlik quroli bo`lgan ashyoni
majburiy ravishda olib qo`yishdan iborat bo`lgan
ma`muriy jazo chorasi. Olib qo`yilgan ashyo
sotilib, undan tushgan pul sotish uchun
ketgan harajatlarni chegirib tashlagan holda
egasiga qaytariladi.
3. Musodara qilish – ma`muriy huquqbuzarlikni
sodir etish quroli bo`lgan ashyoni majburiy
tarzda pulini to`lamay davlat mulkiga aylantirishdan
iborat. Ushbu jazo chorasi tuman (shaxar)
sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan
qo`llaniladi. Bunda faqat huquqbuzarning mulki
bo`lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin.
4. Maxsus huquqdan mahrum qilish (transport
vositasini boshqarish huquqidan ov qilish huquqidan
mahrum qilish) tuman (shaxar) sudining ma`muriy
ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha
muddatga qo`llaniladi va bu muddat 15
kundan kam bo`lishi mumkin emas.
5. Ma`muriy qamoqqa olish-jinoyatlarga yaqin
huquqbuzarliklarga yoki takroriy qo`pol ma`muriy
huquqbuzarliklarga nisbatan qo`llaniladi. Eng ko`p
muddat – o`n besh sutkagacha, lekin
favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat
tartibiga tajovuz qilganligi uchun o`ttiz sutkagacha
muddatga qo`llaniladi. Ma`muriy qamoqqa olish
tuman(shaxar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha
sudyasi tomonidan tayinlanadi. Quyidagilarga nisbatan
ma`muriy qamoq chorasi qo`llanilmaydi;
a) homilador ayollarga;
b) uch yoshgacha bolasi bo`lgan yoki bolasini 14 yoshgacha yolg`iz
tarbilayotgan ayollarga;
v) 18 yoshga to`lmagan shaxslarga;
g) I va II guruh nogironlariga.
Ma`muriy-huquqiy munosabatlar, ma`muriy-huquqiy normalar.
Ma`muriy huquq normalari-bu qonunga tayangan
davlat hokimiyati qoidalari vositalari orqali
belgilangan va ta`minlangan, davlat boshqaruvi
sohasidagi munosabatlarni boshqarishga da`vat etilgan
ijtimoiy tuzumning tabiatidan kelib chiqadi.
Ma`muriy huquq normalarining o`ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
1. Ushbu normalar ikkiyoqlama vazifaga
ega. Bir tomondan ular ijro etish va
amalda qo`llanish uchun chop etiladi; ikkinchi
tomondan, huquqiy ijodkorlik jarayoninng o`zini
boshqarish va reglamentlash uchun nashr etiladi.
2. Ushbu normalar, odatda to`g`ridan-to`g`ri
amal qilmaydi, ya`ni ular qat`iy tavsifdagi
xulq-atvor umumiy qoidalaridan iborat bo`ladi.
3 Ushbu normalar eng avvalo ijroiya
hokimiyati sub`yektlariga qaratilgan hatti-harakatlar
qoidalarini o`zida aks ettiradi.
Ma`muriy-huquqiy
normalarning turlari:
1. Maqsadli vazifasi bo`yicha: boshqaruvchi va muhofaza etuvchi normalar.
2 Ta`sir etish usuli bo`yicha: majburlovchi va ta`qiqlovchi normalar.
3. Amal qilishi chegaralari bo`yicha:
a) muayyan hududda amal qiluvchi normalar;
b) faqat muayyan shaxslar doirasi uchun majburiy normalar;
v) mahkamaning ichki normalari;
g) umummajburiy normalar .
4. Yuridik kuchi bo`yicha:
a) ko`proq yuridik kuchga ega bo`lgan normalar;
b) kamroq yuridik kuchga ega bo`lgan normalar.
5. Ahamiyatlilik darajasi bo`yicha: qonuniy va qonunga qo`shimcha normalar.
6. Umumlashtirilganlik darajasi bo`yicha: umumiy va maxsus normalar.
7. Huquqiy rejim bo`yicha: moddiy va prosessual normalar.
Ma`muriy huquq normalarining amalga
oshirilish usullari:
1. Ijro.
2. Rioya etish.
3. Foydalanish.
4. Qo`llanish.
huquq va majburiyatlari hisoblanadi.
Ma`muriy huquqning asosiy tamoyillari:
1. Qonuniylik, adolat.
2. Davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtiroki.
3. Fuqarolarning tengligi, erkinligi.
4. Davlat boshqaruvida sohaviylik va hududiylikni
hisobga olish.
5. Vakolat doirasida javobgarlik.
6. Davlat boshqaruvida jamoaviylik.
Ma`muriy-huquqiy munosabatlar-bu ma`muriy huquq
normalariga asoslangan munosabatlardir. Ularning
mazmuni sub`yektlarning
Boshqaruv organlarining eng muhim belgilari:
ularda o`zlariga berilgan huquqlar doirasiga
ma`lum masalalar yechish, boshqa davlat organlari,
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
uchun majburiy bo`lgan normativ hujjatlar chiqarish,
ularni ishontirish va majbur qilish yo`li
bilan bajarilishini ta`minlash imkonini beradigan
davlat-hokimiyat vakolatlarining borligidir: ular
bilan belgilangan tartibda harakat qiladilar
va yagona tizimni tashkil etadilar; ular
ijtimoiy mohiyati, maqsad, vazifalar, funksiyalari
jihatidan o`zaro aloqada va bir-biriga bog`langandir.
Davlat boshqaruvi organlari yagona tizimni
tashkil etadilar. U Respublika miqyosida xo`jalikka,
ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilishga
kundalik har tomonlama rahbarlik qilishni ta`minlash
zarurligidan kelib chiqadi. Davlat boshqaruv
organlari tuzilishi umumrespublika, markaziy va
mahalliy organlarni qamrab oladi.