Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 11:42, реферат

Описание работы

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.