Автор работы: Пользователь скрыл имя, 15 Апреля 2013 в 21:10, реферат
Soliq tizimida eng ichki o'zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko'plab omilllari bilan to'qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig'idir. Shu bois, aktsiz solig'ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog'liq holda o'rganish eng dolzarb muammolardan bo'lib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, aktsiz solig'ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida o'rganib chiqilgan. Aktsiz solig'i egri soliq bo'lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o'rtasida vujudga keluvchi ob'ektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Shu bois, aktsiz solig'i o'ziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi lozimdir.
i) eksport mahsuloti ishlab chiqaradigan va uni mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo'linmalari bo'lgan ixtisoslashgan tashqi savdo birlashmalari va firmalari or-qali sotadigan yuridik shaxslaming mol-mulkiga, bunda o'zi ishlab chiqargan mahsulot (ishlar, xizmatlar) eksportining ulushi umumiy sotish hajmida 50 foiz va undan ko'p miqdorni tashkil etishi kerak.
Mazkur imtiyoz savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek erkin almashtiriladigan valyutaga xom ashyo tovarlari - paxta tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilmaydi;
k) bo'shatib olinadigan mablag'lar ular tomonidan moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, asbob-uskunalar, anjomlar, didaktik material, bolalar qyinchoqlari va adabiyotlariga sarflanishi sharti bilan ro'yxatga olingan paytdan boshlab uch yil muddatga nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari (o'z hududida mol-mulk joylashgan soliq to'lovchilarga nisbatan) tomonidan qo'shimcha imtiyozlar berilishi mumkin.
Mol-mulk solig'i hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
soliq to'lovchining balansida bo'lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy
soha ob'ektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong'inga qarshi
xavfsizlik uchun foydalaniladigan ob'ektlarning;
Ob'ektlarni tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun foydalanilayotganlar toifasiga kiritish tabiatni muhofaza qilish organlarining muayyan ob'ektlardan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanilishi to'g'risidagi ma'lumotnomasiga muvofiq amalga oshiriladi;
Sanitariya-tozalash maqsadida foydalaniladigan ob'ektlar qatoriga tozalagich inshootlari kiradi;
yong'indan saqlash ob'ektlariga o't o'chirish depolari, o't qchirish uchun maxsus qurilgan suv havzalari, o't o'chirish jihozlari o'rnatilgan taxtalar kiradi.
v) qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularning selektsiyasi, baliq etishtirish, ovlash va uni qayta ishlash uchun foydalaniladigan ob'ektlarning;
g) mahsulot o'tkazgichlar, aloqa yo'llari (shu jumladan avtomobil yo'llari), aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning.
Mahsulot o'tkazgichlarga quyidagilar kiradi:
neft, neft mahsulotlari, kondensat quvurlari va quvur transportining boshqa turlari, nasos, kompressor hamda taqsimlash stantsiyalari bilan birga;
uy-joy-kommunal ob'ektlari bo'lmagan mintaqaviy gaz, bug' quvurlari, issiqlik trassalari, suv quvurlari, kanalizatsiya kollektorlari;
buxgalteriya hisobotida alohida ob'ektlar sifatida hisobga olinadigan alohida joylashgan tsexlar, konlar va karerlarning ayrim uchastkalari orasidagi mahsulotlarni harakatlantirish uchun ishlatiladigan er osti, er usti va havoda joylashtirilgan har xil ko'rinishdagi quvurlar va transportyorlar.
Aloqa liniyalariga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo'yilgan simlar va aloqa kabellari, ustunli radiofikatsiya aloqa liniyalari, ularni belgilaydigan signal va o'lchov ustunlari (qoziqlari), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyasi, er usti
va er ostidagi ularga xizmat qilinmaydigan kuchaytirish (regeneratsiya qilish) punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, erga ulangan sim konturlari va boshqa aloqa inshootlari kiradi.
Energiya uzatish liniyalariga havo va kabelli elektr uzatish liniyalari kiradi.
Soliq solish maqsadida ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarga ustunlar, tabiiy va sun'iy to'siqlardan o'tishlar va boshqa muhofaza inshootlari kiradi.
aloqa yo'ldoshlarining;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra to'xtatib
qo'yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
j) shahar yo'lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yo'nalishli taksidan tashqari), shahar atrofidagi yo'nalishlarda yo'lovchilar tashiydigan umurniy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yo'nalishli taksidan tashqari);
z) yo'l xo'jaligi korxonalarining yo'llarni ta'mirlash va saqlash ishlarida band bo'lgan transport vositalarining;
i) davlat dasturlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun kadrlar tayyorlashda foydalaniladigan transport vositalarining.
k) lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasining amal qilish muddatiga.
Soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
Soliq to'lash tartibi.
Yuridik shaxslar byudjetga joriy to'lovlar summasini hisobot yili mol-mulkining o'rtacha yillik qoldiq qiymatidan va soliq stavkasidan kelib chiqib mustaqil ravishda belgilaydilar.
Byudjetga joriy to'lovlarni to'lash har oyning 20-kunidan kechiktirmay, yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to'lanadi. Byudjetga joriy to'lovlarni hisoblab chiqarish va to'lash uchun soliq to'lovchilar mol-mulkning tegishli yilga o'rtacha yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqadilar va joriy yilning 10 (qninchi) yanvarigacha davlat soliq xizmati organlariga yuridik shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'ini hisoblash to'g'risidagi Yo'riqnomaning 6-ilovasiga binoan shaklda ma'lumotnoma taqdim etadilar.
Birinchi chorak, yarim yillik, 9 oy va yil tugashi bilan to'lovchi hisobot davri uchun mol-mulkning haqiqatda o'rtacha qoldiq qiymatidan kelib chiqib yil boshidan qsib boruvchi yakun bilan mol-mulk solig'i hisob-kitobini mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni davlat soliq xizmati organlariga moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Taqdim qilingan hisob-kitobdan kelib chiqib hisoblangan mol-mulk solig'ining summasi choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatdan keyin besh kun ichida o'tkaziladi.
Mol-mulkning qoldiq qiymati va imtiyoz taqdim etish muddatini ko'rsatgan holda korxona mol-mulki o'rtacha qoldiq qiymatining hisob-kitobi va soliq undirilmaydigan mol-mulk ro'yxati mol-mulk solig'ining hisob-kitobiga majburiy ilovalar hisoblanadi.
Mahsulot eksportini amalga oshiradigan eksportchi korxonalar mol-mulk solig'i hisob-kitobini taqdim etayotganlarida mazkur Yo'riqnomaning 5-ilovasiga binoan eksport qilinadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir ma'lumotnomani taqdim etadilar.
Eksportchi korxonalar eksport ulushi 15 dan 30 foizgacha bo'lganda hisob-kitob shaklida 2-satrning 3-ustunida soliq stavkasini kasr chizig'i orqali ko'rsatadilar
Eksportchi korxonalar eksport ulushi 30 foiz va undan ortiq bo'lganda hisob-kitob shaklida 2-satrning 3-ustunida soliq stavkasini kasr chizig'i orqali ko'rsatadilar
Ortiqcha to'langan soliq summalari, agar soliqlar va yig'imlar bo'yicha qarz mavjud bo'lmasa, to'lovchining yozma arizasiga ko'ra bo'lg'usi to'lovlar hisobiga qayd etiladi yoki 30 kun ichida qaytariladi.
Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzni hisobga olish hisobvarag'i bo'yicha yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:
9400 «Davr xarajatlarini hisobga olish» hisobvarag'i debeti;
6400 «Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni hisobga olish» hisobvarag'i krediti.
Byudjetga o'tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:
6400 «Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni hisobga olish» hisobvarag'i debeti;
5100 «Pul mablag'larini hisobga olish» hisobvarag'i krediti.
Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob'ektlari va me'yoriy muddatlarda o'rnatilmagan uskuna uchun mol-mulk solig'ini to'lash tartibi:
1. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob'ekti uchun mol-mulk
solig'ini to'lovchilar bo'lib qurilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar-
buyurtmachilar hisoblanadi.
Soliq solish ob'ekti bo'lib belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob'ektining qiymati (smetalar, smeta-moliya hisob-kitoblari va kapital qurilish titullari ro'yxatida ko'zda tutilgan bino va inshootlarni qurish, uskunalar, asboblar, asbob-uskunalarni va boshqa predmetlarni sotib olish xarajatlari (qurilish pudrat yoki xo'jalik usuli bilan qurilishidan qat'i nazar), ya'ni buyurtmachi tomonidan f-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar hajmi to'g'risida ma'lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hisobiga ob'ekt bo'yicha kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag'ida hisoblanadigan hamma ishlar va xarajatlar (belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob'ektlari qismida) hajmi hisoblanadi.
Qurilishning belgilangan muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ "Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish muddati me'yorlari"ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan ob'ekt qurilishining me'yoriy muddati hisoblanadi.
Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me'yorini ko'rsatishlari shart. Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati me'yori ko'rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan ob'ekt bo'yicha qurilish muddatining me'yori to'g'risida xulosa olishga majbur.
2. Me'yordagi muddatda o'rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig'ini
to'lovchilar bo'lib kapital mablag'lar hisobiga qayta jihozlanadigan ob'ektlarda
montaj qilish talab qilinadigan va o'rnatishga belgilangan texnologik, energetik va
ishlab chiqarish uskunalari bo'lgan (ustaxonalar, tajriba qurilmalari va laboratoriyalar
uchun uskunalarni qo'shib) yuridik shaxslar hisoblanadi.
Me'yordagi muddatda o'rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish ob'ekti bo'lib o'rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab qiladigan, faqat qismlarini yig'ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga,
qavatlararo to'siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko'tarib turuvchi konstruktsiyalarga o'rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga olish hisobvarag'ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot qismlar to'plami (me'yordagi muddatda o'rnatilmagan uskunalar qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o'rnatiladigan uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o'lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati va tayyorlab qo'yilgan zaxiralar me'yoriga muvofiq har bir ob'ekt bo'yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvali belgilangan bo'lishi lozim.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi:
yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom ro'yxatlari
bo'yicha montaj qilish va etkazib berish jadvallarining rejadagi muddati o'tib
ketgandan keyin;
texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa umumzavod
uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati o'tgandan keyin,
lekin olti oydan ortiq bo'lmagan muddatda;
komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o'tib
ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo'lmagan muddatga, agar texnik shart-
sharoitlariga ko'ra uskunani qismlar bo'yicha montaj qilish mumkin bo'lmasa, ularni
montajga topshirish muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan
hisoblanadi;
qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek kabel mahsulotlari, simlar va
trosslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o'tgandan keyin, lekin olti
oydan ortiq bo'lmagan muddatda.
Uskunalarni montaj qilish va o'rnatish uchun me'yorlar va jadvallar bo'lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to'lanadi:
ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob'ektlar bo'yicha mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan va import qilingan uskunalarning o'rnatilmaganligi uchun - sotib
olinganiga bir yillik muddat to'lganidan keyingi oydan boshlab;
noishlab chiqarish maqsadlaridagi ob'ektlar bo'yicha - sotib olinganiga olti oy
tugagandan keyin;
Информация о работе Aktsiz solig'ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi