O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o’rni.

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 17:44, реферат

Описание работы

Parlamentning davlat organlari tizimida o’rni va mavqeyi juda muhim. “Parlament” so’zi fransuzcha “parler” so’zidan olinib, “gapirmoq”, “sozlamoq” ma’nosini anglatadi. Nimaga davlatning oliy organi “so’zlovchi” organ deb atalganini surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushunib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq vakillik organlari mavjud bo’lgani bilan parlamentning vatani Angliya sanaladi. 1215-yili hokimiyatning zo’ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimiyatiga qarshi chiqishdi va “Erkinliklar Buyuk xartiyasini” e’lon qilishdi. Unga ko’ra davlatning asosoiy masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan. Shu davrgacha qirol o’z bilgaicha insonlar hayotiga, mol-mulkiga hukmronlik qilib kelgan edi.

Файлы: 1 файл

Курсовая.doc

— 239.50 Кб (Скачать файл)

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o’rni.

 

Parlamentning davlat organlari tizimida o’rni va mavqeyi juda muhim. “Parlament” so’zi fransuzcha “parler” so’zidan olinib, “gapirmoq”, “sozlamoq” ma’nosini anglatadi. Nimaga davlatning oliy organi “so’zlovchi” organ deb atalganini surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushunib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq vakillik organlari mavjud bo’lgani bilan parlamentning vatani Angliya sanaladi. 1215-yili hokimiyatning zo’ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimiyatiga qarshi chiqishdi va “Erkinliklar Buyuk xartiyasini” e’lon qilishdi. Unga ko’ra davlatning asosoiy masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan. Shu davrgacha qirol o’z bilgaicha insonlar hayotiga, mol-mulkiga hukmronlik qilib kelgan edi. Parlamentning paydo bo’lishi tarixiy zarurat bo’ldi. Chunki, qanchalik odil qirol bo’lganida ham, u oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha hudud xalq vakillaridan mavjud muammolarni bilishi kerak bo’lardi. Parlament ana shu maqsadda oddiy kishilar manfaatlarini ko’zlab davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini shakllantirib keldi. Aynan parlamentning paydo bo’lishi jamiyatni evolyutsion rivojlanishiga xizmat qildi. Chunki parlament fuqarolar, ularning turli guruhlari o’rtasida ziddiyatlarni mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda barcha uchun qulayroq yechimni topib, jamiyatda murosa va tinchlikni ta’minlagan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham parlamentarizm madaniyatining barcha yutuqlarini o’zida mujassamlashtirishni maqsad qilib qo’ygan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo’yicha davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati davlatning uch asosiy tayanchdir. O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasida ana shu uchta hokimiyat idorasining uyg’un faoliyatini ta’minlash vositalari, ularni davlat siyositining umumiy yo’nalishlari bo’yicha murosasiga keltirish va bu idoralalrning bir-birlarini xatolar, zo’ravonlikardan tiyib turish mexanizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlangan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-maddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi.

1992-yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar, Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi hisoblanar edi. O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan ko’pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Respublika Prezidenti I. Karimov Oliy Majlisning 1-sessiyasida so’zlagan nutqida bu farqlarni ko’rsatib o’tib, shunday degan edi: “Oliy Majlis sobiq Oliy Kengashdan butun mazmun bilan farq qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o’z faoliyatini tashkil etish tartiblari va ish usullarigachabuni yaqqol isbotlaydi”.

Respublika Oliy Majlisninig sobiq ittifoq davridagi Oliy Kengashdan birinchi eng muhim farqi Oliy Majlis ikki palata – Senat va Qonunchilik palatalaridan iborat.

Respublika Oliy Majlisning avvalgi Respublika Oliy Kengashidan ikkinchi farqi shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi marta haqiqiy ko’ppartiyaviylik tamoyili asosida shakllandi. Har bir partiyaning deputatlari Oliy Majlisda partiya fraksiyalarini tashkil etadi. Ular orqali siyosiy partiyalar Oliy Majlisning qonun chiqarish faoliyatida faol qatnashib, shu tariqa davlat hokimiyatini amalga oshirishda munosib hissa qo’shadigan bo’ldilar.

Respublika Oliy Majlisning Oliy Kengashdan uchinchi farqi shundaki, Oliy Majlis deputatlarni shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosda soni va o’rnini avvaldan ko’rsatib, shakllanishidan butunlay farq qilib, hozirda O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo’yicha saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat bo’ladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati jami 100 nafar, jumladan 84 nafar hududiy vakillardan va 16 nafar fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan, alohida xizmat ko’rsatgan eng obr’li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan tayinlangan Senat a’zolaridan iborat bo’ladi.

Respublika Oliy Majlisining avvalgi Oliy Kengashdan to’rtinchi farqi shundaki, Oliy Majlis Senat tarkibidagi a’zolarning ma’lum bir qismi Oliy Majlis Senati tizimlari va uning qo’mitalarida doimiy ishlash uchun qoldiriladi. Qonunchilik palatasining 120 nafar deputatlari doimiy ishlaydi.

Respublika Oliy Majlisining yana bir farqli jihati shundaki, Oliy Majlis O’zbekistonni mustaqil tasqi siyosat olib borishi tufayli bir qator nufuzli tashkilotlarga, jumladan: Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlarining Parlament Assambleyasiga a’zo bo’ldi. Oliy Majlis O’zbekistonning jahondagi barcha Parlamentlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida o’z qoshida maxsus parlamentlararo aloqalar qo’mitasini tashkil etgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirish vakolatiga egadir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-80 – moddalari Respublika Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi hamda alohida mutlaq vakolatlarini belgilaydi. Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari Respublika Konstitutsiyasining 78-moddasida to’liq ko’rsatib berilgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati idoralari tomonidangina amalga oshiriladi. Shuning uchun O’zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilgan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyasiga zid hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan, O’zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qonun chiqarish sohasidagi birgalikdagi vakolatlarini shaklan besh guruhga bo’lishi mumkin. Jumladan: 1) davlat qurilishi sohasidagi; 2) xo’jalik sohasidagi; 3) boshqaruv va sud organlarini tuzish sohasidagi; 4) O'zbekiston Respublikasi  huquq tizimini qonunchiligi va inson huquqlari sohasidagi; 5) xalqaro aloqalar sohasidagi vakolatlardir.

Oliy Majlis Qonunchilik paltasi va Senatning davlat qurilishi sohasidagi qonunchilik vakolatiga quyidagi masalalar kiradi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish; O'zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizmini va vakolatlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq belgilash; O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi yangi davlat tizimlarini qabul qilish va ularni O'zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqarish haqidagi qarorlarni tasdiqlash; ma’muriy-huquqiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi chegaralarini o’zgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomini o’zgartirish va ularning chegaralarini o’zgartirish; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; vakolati tugashi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; Respublika referendumini o’tkazish to’g’risida va o’tkazish sanasini tayinlash haqidagi qarorlarni qabul qilish; davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning xo’jalik sohasidagi qonunchilik vakolatlari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nakishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; boj, valuta, va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O'zbekiston Respublikasining boshqaruv organlarini tuzish sohasidagi birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirini (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan), uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod etish; davlat qo’mitalari va davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda ularni tugatish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi va inson huquqlari sohalari bo’yicha birgalikdagi vakolatga: respublika huquq tizimining barcha sohasidagi Konstitutsiyasi va joriy qonunlarni qabul qilish hamda ularga tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili va uni o’rinbosarini saylash kiradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning xalqaro masalalar sohasidagi birgalikdagi vakolatlariga: xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya qilish (barvaqt to’xtatish); O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi.

O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis o’z faoliyatini Senat azolari va Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar orqali omalga oshiradi.

O'zbekiston Oliy Majlis Senat a’zolarining 84 nafar 14ta huquqiy birlikning har biridan 6 nafardan, 16 nafari esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillari hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 120 nafar deputati o’z saylovchilarining, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko’rsatgan tegishli siyosiy partiya va nomzod qilib ko’rsatgan mustaqil tashabbuskor guruhlarning vakili hisoblanadi.

Respublika Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari o’z huquqlari va burchlarini ijro etishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 88-moddasida ko’rsatilgan qoidalarga amal qilgan holda ishlaydilar. Bu moddada Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatining huquqlari, burchlari hamda faoliyatining shakllari va kafolatlari ko’rsatilgan.

Oliy Majlis Senatning mutlaq vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning 80-middasida belgilangan:

- Senat Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mita raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash; Prezident taqdimiga Konstitutsiyaviy sudni, Respublika Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudini saylash; Prezident taqdimiga binoan Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasinining raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish. Prezidentning Respublika Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash; Prezidentning Respublika Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash; Prezidentning taqdimiga ko’ra chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakillarni tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod qilish; Prezidentning taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish; Respublika Bosh prokurorining taqdimiga ko’ra, Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; Respublika Bosh prokurorining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasini raisining, Respublika Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish. Bu vakolatlar Konstitutsiyamizning yuqorida ko’rsatilgan moddasida 14 ta bandda aniq ko’rsatib o'tilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari.

O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 79-moddasida Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari aniq ko’rsatilgan:

- Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini saylash; Bosh prokuror taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatining daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masala yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati 5 yil bo’lib, bu muddat tugagach, ular yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlagunga qadar o’z faoliyatini davom ettirib turadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy shakllari.

O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining faoliyat shakllari Konstitutsiyamizning 81-moddasida hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risidagi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonunda belgilab berilgan.

Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli, uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga 3 marta o’tkaziladigan majlislardir.

Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lishi shart.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin, ikki oydan kechiktirmay o’tkaziladi Mazkur majlisni O'zbekiston Respublikasi  Markaziy saylov komisiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, shu jumladan, qoida to’g’risida:

  • elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat quruhi saylanadi;
  • Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosari saylanadi;
  • Siyosiy partiyalar frksiyalari va deputatlar ro’yxatga olinadi;
  • Qonunchilik palatasining qo’mitalari tuziladi;

Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig’ida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga ko’ra yoki Qonunchilik palatasi deputatlari taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan yopiq majlislar o’tkazilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali ashkil etish, qo’mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.

Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasining Spikeri, uning o’rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo’mitalari raislari kiradi.

Qonunchilik palatasi Kengashiga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.

Qonunchilik palatasining qo’mitalari, komissiyalari, fraksiyalari va deputatlar guruhlari huquqiy maqomlari Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risidagi Qonunda belgilangan.

Senat faoliyatining tashkiliy shakli – zaruratga qarab, lekin yiliga 3 marta o’tkaziladigan majlisdir.

Senat majlislari, agar senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma’qullash, ularga o’zgartirishlar va qoshimchalar kiritish to’g’risidagi masalalarni ko’rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lishi shart.

Senatning 1chi majlisi Senat shakllantirilgandan keyin bir oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Mazkur Majlisni O'zbekiston Respublikasi  Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga adar unda raislik qiladi.

Senatning 1chi majlisi ishini tashkil etish uchun muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.

Senatning 1chi majlisida uning foliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, jumladan qoida tariqasida.

  • elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat quruhi saylanadi;
  • Senat raisi, uning o’rinbosari saylanadi;
  • Senatning qo’mitalari tuziladi.

Senatning navbatdan tashqari majlislari O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti, Senatning Raisi, taklifiga yoki senatorlarning umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Senatning majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Senatning qaroriga binoan yopiq majlislar o’tkazilishi mumkin.

Qo’shma majlislar O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikerining taklifiga yoki tegishli senatorlar yoxud Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqiriladi.

Senat Kengashi – senat faoliyatini muvofiqlashtirish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqasadida tuziladi.

Senat kengashi tarkibiga Senat Raisi, uning o’rinbosarlari, Senat qo’mitalari raislari kiradi.

Senat Kengashiga Senat raisi rahbarlik qiladi.

Senat qo’mitalari, komissiyalarni huquqiy maqomlari “Senat reglamenti” haqidagi Qonunda belgilangan.

Oliy Majlisning Qonun chiqaruvchilik faoliyati.

O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisning qonun chiqaruvchilik faoliyati to’rt bosqichda bo’ladi. Ushbu bosqichlar Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida qonun chiqarish jarayoni deb ataladi va qonunchilik tashabbusini ko’rsatish qonun loyihasini muhokama qilish, qabul qilish, hamda qonunni mzolash va e’lon qilishdan iborat bo’ladi.

Qonun chiqarish jarayonining 1chi bosqichi.

O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 83-moddasidaozbr Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlarning ro’yxati keltiriladi. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti, shuningdek, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.

Bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonunchilik taklifi bilan murojaat etish huquqi hech kim uchun cheklanmagan. Shunday taklif kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega bo’lgan yuqorida ko’rsatilgan idoralar va shaxslar orqali O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:

  1. qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
  2. o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog’liq qonunlarni o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risidagi qoun loyihasi;
  3. o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishi, o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi yoki qabul qilishni lozim bo’lgan qonun osti hujjatlarning ro’xati;
  4. moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy – iqtisodiy asoslar;
  5. davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarni ko’paytirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi  Davlat budjeti (bundan matnda davlat budjeti yuritiladi) moddalari bo’yicha o’zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining xulosasi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan 1chi o’qishda qabul qilingunga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilikni tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini o’zgartirish yoki o’zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.

Qonun chiqarish jarayoning 2chi bosqichida.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tadim etgan loyihalarni qonun chiqarish jarayonining barcha qoidalariga to;la rioya etgan holda ko’rib chiqishi shart. Shuni ham nazarda tutish kearakki , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi shu qonun loyihasini maqullash yoki inkor etish huquqiga ega.

Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini dastlabki tarzda ko’rib chiqadigan qo’mita (bundan buyon matnda ma’sul qo’mita dep yuritiladi) topshiradi. Ma’sul qo’mita qonun loyiahasini ko’rib chiqishga qbul qilishni mumkinligi yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qytarish zarurligi to’g’risida Qonunchilik palatasi Kengashiga belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Kengashi ma’sul qo’mitaning xulosasi asosida qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi uchun qabul qilish yoki u belgilangan talablarga nomuvofiq bo’lsa, uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to’g’risida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.

Информация о работе O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o’rni.