O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o’rni.

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 17:44, реферат

Описание работы

Parlamentning davlat organlari tizimida o’rni va mavqeyi juda muhim. “Parlament” so’zi fransuzcha “parler” so’zidan olinib, “gapirmoq”, “sozlamoq” ma’nosini anglatadi. Nimaga davlatning oliy organi “so’zlovchi” organ deb atalganini surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushunib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq vakillik organlari mavjud bo’lgani bilan parlamentning vatani Angliya sanaladi. 1215-yili hokimiyatning zo’ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimiyatiga qarshi chiqishdi va “Erkinliklar Buyuk xartiyasini” e’lon qilishdi. Unga ko’ra davlatning asosoiy masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan. Shu davrgacha qirol o’z bilgaicha insonlar hayotiga, mol-mulkiga hukmronlik qilib kelgan edi.

Файлы: 1 файл

Курсовая.doc

— 239.50 Кб (Скачать файл)

Agar tegishli masala bo’yicha qonun loyihasi palata tomonidan birinchi o’qishda qabul qilingan bo’lsa, ayni shu masala bo’yicha boshqa qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko’rib chiqishi uchun qabul qilinmaydi.

Qonun loyihasi ko’rib chiqish uchun qabul qilinganda Qonunchilik palatasi Kengashi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida ko’rib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi.

Ko’rib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan Qonunchilik palatasining qo’mitalariga yuborikadi.

Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida 1chi o’qishda ko’rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo’mita tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qo’mitalarida muhokama qilish ochiq tarzda qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili taklif holda o’tkaziladi.

Agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan bo’lmasa, mas’ul qo’mita qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran ikki oy ichida:

Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini 1chi o’qishda ko’rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish to’g’risidagi qarorining loyihasini;

Mas’ul qo’mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan holdagi xulosasini ilova qilib, Qonunchilik palatasi Kengashida ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo’mita tqdim etgan qonun loyihasini 1chi o’qishda ko’rib chiqishi uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o’qishda ko’rib chiqadi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida 1chi o’qishda ko’rib chiqish chog’ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy va boshqa qonunlarga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar va moliyalash manbalari to’g’risidagi masala muhokama qilinadi.

Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo’yicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o’qishda ko’rib chiqish uchun muhokamaga kiritish muddatini belgilangan holda uni 1chi o’qishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish to’g’risidagi qaror qabul qiladi.

Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyi hasining muqobil variantlari kiritilgan taqdirda, ular bir vaqtda ko’rib chiqilishi lozim. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko’p miqdordagi ovozini to’plagan qonun loyihasi 1chi o’qishda qabul qilingan hisoblanadi. Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan hisoblanadi.

Mas’ul qo’mita qonun loyihasini 2chi o’`ishga tayyorlash chog’ida tushgan takliflarni umumlashtiradi. Mas’ul qo’mita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan 2chi o’qishda ko’rib chiqish chog’ida mas’ul qo’mita ma’qullagan takliflar ham, ma’qullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qoun loyihasi bo’yicha ovoz berish muddoma-muddo o’tkaziladi.

Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo’yicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o’qishda ko’rib chiqish uchun muhokamaga kiritish muddatini belgilangan holda uni 2chi o’qishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Uchinchi oqishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to’laligicha ovozga qo’yiladi.

Qonun loyihasi 1chi yoki 2chi o’qishda qabul qilingan taqdirda, ma’sul qo’mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi ‘qish tartib-taomillarini istisno etgan holda qabul qilishi to’g’risidagi masala ovozga qo’yilishi mumkin.

Qonun chiqarish jarayonining 3chi bosqichi

Ma’lomki, Oliy Majlis vakolatlarini amalga oshirishning huquqiy shakli, u qabul qiladigan qonun hujjatlari Oliy Majlis qabul qiladigan asosiy hujjatlardir. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiya, konstitutsiyavaiy qonunlar, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun loyihalarini qabul qilish uchun Qonunchilik palatasi deputatlarining umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovoz talab qiladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun uch kun ichida Senatga ko’rib chiqish uchun yuboriladi.

O'zbekiston Respublikasi qonunlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. U faqat O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis palatalari tomonidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi va butun O'zbekiston xalqining erkini ifoda etadi. O'zbekiston Respublikasining qonuni o’zida huquqiy qoidalari mujassam etadi va shuning uchun huquqiy normativ hujjat hisoblanadi O'zbekiston Respublikasi  hududida amalda bo’lgan qonunlarning bajarilishi barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar uchun majburiydir.

Davlat organlarining huquqiy-normativ hujjatlari qonunga muvofiq bo’lishi shart. O'zbekiston Respublikasining qonunlari barcha davlat organlari, o’zini o’zi boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar faoliyatining huquqiy asosidir. U davlat organlari chiqaradigan barcha huquqiy hujjatlardan ustun turadi.

Senatga kelib tushgan qonun ro’yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko’rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo’mitaga topshiriladi. Bu ishga mas’ul qo’mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki rad etish to’g’risidagi tavsiya ifodalangan baho bo’lishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi to’g’risidagi xulosada mas’ul qo’mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashning vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo’mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish – kiritmaslik to’g’risidagi qaror qabul qiladi.

Senatning majlisida qonunni ko’rib chiqish ma’zruzachiningmas’ul qo’mita xulosasini o’qib eshittirishdan boshlanadi. K’rib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibda senartorlar so’zga chiqishi mumkin.

Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan ma’qullaadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, Konstitutsiyaviy qonunlari, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovoz talab qilinadi.

Qonun chiqarish jarayonining 4chi bosqichi.

O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 93-moddasi 17- bandiga binoan, qonunlarni O'zbekiston Respublikasi  Prezident imzolaydi. Senat tomonidan maqullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O'zbekiston Respublikasi  Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi. O'zbekiston Respublikasi  Prezident tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o’ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezident qonunni o’z e’tirozlari bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Prezidentning e’tirozlari bo’lsa, u holda Prezident bu qonunni takroriy muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun e’tirozlari bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qaytarib yuboradi. Qonunchilik palatasi qayta ko’rib chiqqandan so’ng ilgari ma’qullangan qonun kabi belgilangan tartibda Senatga yuboriladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrda e’lon qilinadi a belgilangan muddatdan so’ng yuridik kuchga ega bo’ladi.

O'zbekiston Respublikasining qonunlari Respublika Prezidenti imzolaganidan keyin uzog’i bilan bir hafta ichida rasman e’lon qilinadi. Agar qonun hujjatlarning o’zida boshqa qoida belgilanmagan bo’lsa, ular rasman e’lon qilinganidan keyin o’n kun o’tgac, butun O’zbekiston hududida bir vaqtning o’zida kuchga kiradi.

Qonunlar to’liq matnining “O’zbekiston Oliy Majlisi axborotnomasi”, “Xalq so’zi”, “Народное слово” gazetalarida chop etilishi birinchi marta rasman e’lon qilinishi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Konstitutsiya, boshqa qonunlarda ko’rsatilgan vakolatlarni samarali amalga oshirish uchun ishlariga rahbarlik qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar quruhlari va partiya fraksiyalari faoliyati.

O'zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risidagi Qonunning 23-26-moddalarida deputatlar berlashmalari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarini tuzish tartiblari, fraksiya va deputatlar guruhlarining vakolatlari, fraksiya va deputatlar guruhlarining faoliyatini tugatish haqida qoidalar belgilangan.

“O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to’g’risida”gi (2003-yil 29-avgust) Qonunda deputatlarning fraksiyalari, guruhlari to’g’risida qoidalar belgilangan. Bu qonunning 9-moddasida ko’rsatilishicha, Oliy Majlisning siyosiy partiyalar tashabbuskor guruhlari tomonidan ko’rsatilgan deputatlar fraksiyalar va guruhlarga birlashishlari mumkin.

Oliy Majlis deputati faqat bitta deputatlar birlashmasi (fraksiya, guruhda bo’lishga haqli).

Fraksiyalar, guruhlar o’z faoliyatini belgilangan tartibda ro’yxatga olinganidan keyin amalga oshiradi va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini hamda amaldagi boshqa qonunlar doirasida ish olib boradi. Fraksiya, guruh rahbari fraksiyani, guruhni ro’yhatga olish to’g’risidagi iltimos bayon etilgan ariza bilan fraksiyalarning, guruhlarning rahbarlari tuzilgan frning, guruhning maqsad va vazifalari to’g’risida axborot berishi ma’lumotlarini aytish mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy fraksiyalarni, guruhlarni ro’yhatga olish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.

Oliy Majlis guruh va fraksiyalarning faoliyati to’g’risidagi masala mantiqan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa qonunlardan kelib chiqadi. Bu hujjatlarga muvofiq, O'zbekiston ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi; siyosiy partiyalar xalqimiz tirli tabaqa va guruhlarning idorasini ifodalab, deputatlikka saylangan o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda va uning faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etadi. Chunki partiya xalqning, ijtimoiy qatlamning bir qismi bo’lsa, guruh va fraksiyalar Oliy Majlis hamda siyosiy partiyaning muayyan bo’lagidir. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 1996-yil 26-dekabrda “Siyosiy partiyalar to’g’risida” alohida qonun qabul qilib, unda partiyalarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari faoliyatiga alohida modda ajratdi.

Qonunning 13-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ki’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida va o’z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi.

Ozbolmi Qonunchilik palatasi fraksiya va deputatlar guruhlari:

  1. Qonunchilik palatasi majlisining kun tatibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko’rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
  2. Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraksiya, deputatlar guruhi vakilligi kafolatlangan tarzda so’z berilishi huquqidan foydalanadi;
  3. Kelishuv konissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to’g’risidagi masalalarni qo’yadi;
  4. Qonunchilik palatasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nutqai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
  5. Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlari o’rtasida tarqatadi;
  6. Palataning Kengashi, qo’mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi;
  7. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan o’z takliflari kiritadi;
  8. Hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to’g’risida masala qo’yadi;
  9. Fraksiya, deputatlar guruhining faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat orgalari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
  10. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining  II chaqiriq  I sessiyasida 1chi marta 2000 yil-yil 22-yanvarda Oliy Majlisning deputatlar bloklari va partiya fraksiyalari ro’yhatga olingan edi. Partiya fraksiyalari bir – biridan farq qiladigan o’z faoliyat dasturlariga ega bo’lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonun chiqarish faoliyatida siyosiy murosalar asosida ish olib borib, eng muhim vazifalarni bajarishga ko’maklashmoqdalar.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlari

Saylovdan keyingi birinchi majlisda Qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi spikeri nomzod ko’rsatsh va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.

Qonunchilik palatasi Spikeri o’z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to’xtatib turadi hamda siyosiy partiya fraksiyasi (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi) va deputatlar guruhi tarkibiga girish mumkin emas.

Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qo’mitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.

Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlarining uchdan ikki qismidan ko’prog’ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.

Qonunchilik palatasi Spikeri o’z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.

Qonunchilik palatasi Spikeri:

  • Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
  • Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
  • Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun Senatga yuboradi;
  • Qonunchilik palatasi qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
  • Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlari ustida vazifalarini taqsimlaydi;
  • Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlarini tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
  • Kengash bilan kelishgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;
  • Qonunchilik palatasi mabuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi;
  • Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur hujjatlar smetalarini tasdiqlaydi;
  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qonunchilik palatasi Reglamentida nazarda tutilgan bosha vakolatlarni amalga oshiradi.

Qonunchilik palatasi Spikeri o’zining vakolatiga taaluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.

Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasi vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlariga nomzodlar ko’rsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlari Qonunchilik palatasi qo’mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.

Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig’iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yo’g’ligida yoki o’z vazifalarini amalga oshirish mumkin bo’lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlari o’z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiya a’zolikni to’xtatib turadi hamda fraksiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emas.

Oliy Majlis Senati raisi va uning o’rinbosarlari.

O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 86-Oliy Majlis Senati to’g’risidagi Qonunning 13-15-moddalari ilm Senati raisi va uning o’rinbosarlari hududiy maqomlari belgilangan.

Senat Raisi Senat tarkib topganidan keyingi 1chi majlisda O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining taqdimiga binoan Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga sayalanadi. Senat Raisligiga nomzod ko’rsatish va saylash tartibi senat Reglamentida belgilanadi.

Senat Raisi o’z vazifasini bajarish davrida partiya va harakatlarga a’zolikni to’xtatib turadi.

Senat raisi Senat qo’mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.

Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlarning uchdan ikki qismidan ko’prog’ini ovozi bilan qabu qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olishi mumkin.

Senat Raisi o’z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Farmoyishlar chiqaradi.

Senat Raisi:

Senat va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

Senat muhokamasiga kiritilgan masalalarni tayyorlashga rahbarlik qiladi;

Senat ma’qullangan qonunlarni imzolash uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboradi;

Senat qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

O'zbekiston Respublikasi qonunlarining va Sanat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

Senat Raisi o’rinbosarlari o’rtasidan vazifalarni taqsimlaydi;

Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish islariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Senat matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlarini tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;

Kengash bilan kelishilgan holda Senat matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;

Senat matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko’radi;

Senat va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi;

Senat devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, senatorlar va Senat devoni ishlasj uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Senat Reglamentida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Senat Raisi o’zining vakolatiga taaluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.

Senat Raisining o’rinbosarlari Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Senat Raisining o’rinbosarligiga nomzodlar ko’rsatish va saylash tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.

Senat Raisining o’rinbosarlari o’z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zolikni to’xtatib turadi.

Senat Raisining o’rinbosarlari Senat qo’mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.

Senat raisining o’rinbosarlari Senat raisining topshirig’iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Senat raisi yo’qligida yoki o’z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo’lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.

Senat raisining o’rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasining o’rinbosari bo’ladi.

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlari.

Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.

Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari oralig’ida zaruratga qarab to’planadi.

Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o’rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo’mitalarining raislari kiradi.

Qonunchilik palatasi Kengashi o’z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolarni umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.

Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida – Senat Kengashi tuziladi.

Senat Kengashi palata majlislari oralig’ida zaruratga qarab to’planadi.

Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o’rinbosarlari, fraksiyalar va qo’mitalar raislari kiradi.

Senat Kengashi o’z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senat qo’mitalarini saylash va ularning vakolatlari.

Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish ca tayyorlash O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadign qarorlarining ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o’rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibida qo’mitalar saylanadi.

Qo’mita raisi, uning o’rinbosarlari va qo’mita a’zolari lavozimlari deputatlarining qaysi guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit(umumiy) qaror bilan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi qo’mitalarining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar.

Qo’mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.

Qonunchilik palatasi qo’mitalari Qonunchilik palatasi oldida mas’ul va unga hisobdordir.

Qonunchilik palatasi qo’mitalari vakolatlari:

  • o’z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining to’pshirig’iga binoan O'zbekiston Respublikasi  qonunlarining hamda o’zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarning loyihalarini ishlab chiqadi;
  • qoniun loyihalarining dastlabki tarzda ko’rib chiqilishi va ularni Qonunchilik palatasida korib chiqishga tayyorlash amalga oshiradi;
  • qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasining Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, unung ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to’g’risida Kengashiga takliflar kiritadi;
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
  • Qonunchilik palatasining topshirig’iga ko’ra yoki palata Kengashining taviyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul bo’ladi.
  • Kiritilgan qonun loyihalarini ko’rib chiqish bo’yicha ishchi guruhlari tuziladi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo’jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi.
  • Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tazda kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o’rinbosari va a’zolaridan iborat tarkibida qo’mitalar saylanadi.

Senat qo’mitalarining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar.

Qo’mita tarkibiga saylanmagan senator uning ishida maslahat maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.

Senat qo’mitalari Senat oldida mas’ul va unga hisobdordir.

Senat qo’mitalari vakolatlari:

  • Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun topshirilgan qonunlar yuzasidan xulosa beradi;
  • o’zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o’z tashabbusi bilan va senatning topshirig’iga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi.

 

R E J A :

Информация о работе O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o’rni.