Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 11:42, реферат

Описание работы

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.

Файлы: 1 файл

chet elga chiquvchi fuqarolar sug'urtasi.doc

— 2.16 Мб (Скачать файл)

 

Kimki uzoq safarga olgan ekan yo’l,

Hammangizga maslahat katta:

Barcha kulftlar oldini olib,

qilingiz   SUG`URTA

                                                                                                            Muallif

 

TURIZMDA  SUG`URTA

 

6.1 Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

 

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar  to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.

Afsuski, kamdan kam odam bunday “shirin hayollar” og`ushida bo`lganida, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kutilmagan ko’ngizsizliklarni hayoliga keltiradi. Ammo  kutilmaganda falokat har qanday chet elga chiquvchi fuqaroning yo`lidan chiqishi mumkin. Masalan, favqulodda kasallikka chalinishi, qattiq tish og`rig`i, turli jarohatlar, , hujjatlarni yo`qotib qo`yish, buyumlarning o`g`irlanishi, ularning buzilishi, turar manziliga zudlik bilan qaytish zaruriyati va ko`plab boshqa hollar.

      Shunday og`ir ahvolda qolgan, chet davlatida sayyohlarga kim madad bo`la oladi? Kim ma’muriy, tibbiy, yuridik va shu kabi zaruriy yordamlatni ko`rsata oladi? Albatta, faqatgina  sug`urtachilar.

Bundan tashqari, barcha rivojlangan mamlakatlarning elchixonalarida, sug`urta polisiga ega bo`lmagan shaxslarga viza ochilmaydi. Shu yerda muhim xulosaga ega bo’lamiz, har qanday chet elga chiquvchi fuqaro uchun sug`urta zaruriy ehtiyojdir.

Afsuski, barcha sayyohlar ham buni tushunaverishmaydi. Ba`zilari sug`urta pulini 10-20 AQSH dollarini ayab  qolishmoqchi, yoki eng arzon sug`urta qoplamasi uchun shartnoma (kelishuv) tuzishni afzal bilishadi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, hasis, ziqna odam 2 marta to’laydi. Chet eldagi tibbiy xizmat ko`rsatish narx navosi bizning mmlakatdan tubdan farq qildi. Misol uchun, oddiy shamollashni davolash o`rtacha hisobda Gretsiyada 250 dollar, Ispaniyada 200, Frnsiyada esa 430 dollarni tashkil qiladi. Vrach huzuriga tashrif buyurish 60-80 dollar (narx mamlakatga qarab o`zgaradi), Shifoxonada bir kunlik palata haqi 300-1000 dollar , reanimatsiya 1000-1500, tibbiy tez yordam mashinasidan  foydalanish soatiga 60-80 dollar.Shu bilan birga ta`kidlash lozimki, oxirgi yillarda og`ir va juda qimmat sug`urta holatlari, ular orasida o`lim bilan yakunlangan va jasadni turar joyiga qaytarish zaruriyati bo`lgan hollar ham, ko’p kuzatilmoqda.

An`anaviy sayyohlik markazi bo’lgan davlatlarda ham sug`urta muhiti birmuncha yomonlashgan. Buning asosiy sabablaridan biri qilib, sayyohlarning chet elda o`zlarini tuta bilmasliklari, u yerning axloq qoidalariga rioya qilmasliklarini ko`rsatish mumkin. Qisman bo’lsada, bu muammoni sayyohlik firmalarida mijozlar bilan chuqur tushuntirish ishlari olib borish orqali, o`zga davlat odob qoidalarini uqtirish bilan hal qilsa bo`ladi.

Tabiiyki hech kim falokatni oldindan ko`ra olmaydi. Lekin mijozlar bilan sodir bo`layotgan ba`zi bir ko`ngilsizliklarni oldini olish mumkin. Chet elga chiqayotib, sayyoh  har qanday holatda ham, katta o`zgarishlarga duch keladi: iqlim almashinishi, syvning kimyoviy tarkibi, ovqatlanish tartibining o`zgarishi va boshqa ko’plab o`zgarishlar. Sug`urtachilar bularni o`rgangan holda, tashabbusni o`z qo`llariga olishmoqda. Masalan, Moskvaning bir sayyohlik firmasi bilan hamkorlikda ishlab keladigan “Spasskie Vorota” sug`urta kompaniyasi chet elga chiquvchilar bilan batafsil suxbat o`tkaza boshladi. Natija kutilganidek, oxirgi vaqtlarda bu firma tomonidan tashkillashtirilgan Italiyaga bo’lgan sayyohlik safarlari hech qanday sug`urta holatlarisiz kechmoqda.

Sayyohlar ko`p tashrif buyuradigan va shu sababli eng ko’p sug`urta holatlri vujudga keladigan mamlakatlardan biri bu Turkiyadir. Bu yerda eng ko’p chet elga chiquvchi fuqarolar uchraydigan noxushlik – gastroenterit.  Gastroenterit – oshqozon- ichak yo`lining yalliglanishi, shuningdek bu yerda gastroenterit deyilganda turli xildagi oshqozon ichak og`riqlari, diareya, dizentiriya, ovqatdan zaxarlanish tushuniladi.

Masalan, kunlarda sodir bo`lgan hodisa. “Banko” information xizmati va ”RATA news” gazetalarining xabar berishicha, Turkiyaning “SultonSaroy” mehmonxonasida sayyohlarning ommaviy  ovqatdan zaxarlanish holati kuzatilgan. Zaharlanganlar soni 500 kishidan ortdi, ulardan 45tasi reanimatsiya qilindi. Buning sababi qilib, sayyohlarning juda yuqori haroratda iste`molga yaroqsiz bo’lgan mahsulotlarni iste`mol qilganliklari ko’rsatildi.

Turkiyada sodir bo’ladigan noxushliklar bo’yicha keyingi eng keng tarqalgani barcha formadagi shamollashdir. Va nihoyat, keying o`rinda turli jarohatlar. 45 daraja issiqda, spirtli ichimliklarni qabul qilgan holda parashutdan sakrash, suv chang’isida uchish oqibatida sayyohlar jarohatlaroladilar: pay cho’zilishi, lat yeyish, ko’karish.

“Spasskie vorota” sug`urta kompaniyasi xodimlarining qayd etishicha, keying paytlarda Turkiyada avtomobil halokatlari soni ortmoqda. Agar oldin bunday holatlar yiliga 2 martadan oshmagan bo’lsa, hozir bu ko`rsatkich 3 barobar oshgan. Tobida dam olishni o’ylab, juda zo’r avtomobil haydovchilari ham, o’zg a davlat yo’l harakat qoidalarini o`rganib chiqishni unutmoqdalar.

1998 yilda Turkiyada tibbiy xizmat ko`rsatish haqi 30%ga oshdi, ammo bu tibbiy xizmat sifatini oshishiga olib kelishini umid qilmasa ham bo’ladi.  “Inko”  sug`urta kompaniyasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi mavsumda chet elga chiquvchi fuqarolar huquqlarini buzilish holatlari ko’paygan. Masalan, mehmonxonalarda xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlari tomonidan o’tkir oshqozon ichak kasalliklarining, masalan dizentiriya, bekitilishi. Bu vrachlik etikasining jiddiy buzilishi bo’lib, noto’g`ri diagnoz qo’yilishiga va davolash no’to`gri olib borilishiga, bemorning holati og`irlashishiga olib keladi.

Turkiyada duch kelinishi mumkin bo’lgan yana bir muammo – bu kasallikka chalingan chet elga chiquvchi fuqaroga yordam so`rab receptionga murojaat qilishi maslahat qilinadi, keyinchalik receptionda murojaat etish mumkin bo’lgan vrach to’g`risida ma`lumot beriladi.  Odatda, bunday vrachlar mehmonxona bilan shartlashgan bo’lib, ko’pincha sug`urta polisini tan olmaydi. Tan olsa ham, hujjatlarni noto’g`ri, e`tiborsizlik bilan to’ldiradi. Masalan, sayyohning ismi, familiyasi noto`g`ri yozilgan. Bunday vaziyatlar esa sug`urta amaliyotida juda kata xatodir. Chunki kelishuvga binoan, sug`urta xarajatlatni barcha qog’ozlarni to’g`ri to’ldirilsagina qoplab beriladi.

Ikkinchi o’rinni (Inko kompaniyasi ma`lumotlariga qaraganda) Misr egallaydi. Bu mamlakat sayyohlik biznesining o`ziga xos bir jihati bor. Bu yerda har zamonda qandaydir infeksiya tarqalish holati kuzatiladi. Ammo kurortlarda kasallanishlar soni, sug`urtachilar fikriga ko`ra,  firmalarda sayyohlarning tibbiy kartasi o`rganib chiqilsa, emlashlar o`tkazilsa, mahsulotlarni sifatini tekshirib turilsa, keskin kamaygan bo’lar edi.

Sug`urta holatlari soni bo`yicha uchinchi o`rinni, “Reso Garantiya” sug`urta kompaniyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, Ispaniya va Kipr egallab turishibdi. O`tkan mavsumning yoqimli o`zgarishi bu Ispaniyada o`tkir oshqozon infeksiyalariga chalingan sayyohlar sonining kamayishi bo’ldi. Shu bilan birga “Spasskie vorota” kompaniyasi bu yerda jarohatlanish yuqori ko’rsatkichlarda ekanini ta’kidlab o’tdi. O’sha mavsumda 2ta jiddiy yo’l harakati hodisasi.

Kiprda esa chet elga chiquvchi fuqarolarda odatda “kichik ko’ngilsizliklar” sodir bo’ladi: infeksion kasalliklar, shamollash,

Tibbiy jihatdan noxush o`lkalar deya boshqa issiq iqlimli mamlakatlarni ham qo’shsa bo’ladi. Bular Afrika, BAA, Tailand (qishda). Buning sababi oddiy- issiq o’lkaga sovuq mintaqadan kelgan sayyoh, avvaliga quyosh ostida kun bo’yi toblanish oqibatlarini unchalik o’ylamaydi. Bu davlatlar safiga Turkiyani ham kirgizsa bo’ladi. Masalan, 65 yoshli Tyumendan kelgan nafaqaxo’r ayol oftob urishi oqibatida insult bo’lgan, 2 yoshli Sibirdan bo’lgan bolakay esa xuddi shu sabab tufayli, shuningdek organizm suvsizlanishidan olamdan o’tdi.

Eng kam sug`urta holatlari rivojlangan Yevropa davlatlarida ( Germaniya, Fransiya, Avstriya, Shveytsariya) qayd etilmoqda. Sug`urtachilar buni quyidagicha tushuntirib berishmoqda: bu mamlakatlarda aniq bir qatlam: ziyoli, tinch, osuda oromni xushlovchilar dam oladi, janubga esa odatda mazza qilib, butun quvvatini sarflash darajasida ko’ngil yozmoqchi bo’lganlar yo’l oladi. Bunday chet elga chiquvchi fuqarolar oqibatda, o’z dam olish ta’tillarini tibbiy bo’limda o’tkazishadi.

Oxirgi yilda yana bir qancha salbiy oqibatlarga olib keluvchi urflar paydo bo’lmoqda. Masalan, turli hastaliklarga chalingan , kata yoshli, nafaqaxo’r sayyohlarning sog’lig`i to`g`ri kelmaydigan mamlakatlarga yo’l olishi, farzandlarini ziyorat qilish uchun dunyoning narigi chekkasiga otlanishi va shu sababdan safar davomida sog’ligining yomonlashuviga olib keladi. Umuman olganda, uzoq safar, iqlim almashinuvi, soat mintaqalari o’zgarishi, ovqatlanish tartibi buzilishi yoshi kata sayyohlarning sog’lig’ida aks etadi.

Boshqa bir urflardan biri- sayohatga 2-3yoshli bolakaylarni olish. Lekin ba’zi bir ota-onalar undan ham o`tib tushib emizikli, hali emlanmagan chaqaloqlarni ham o’zi bilan ta’tilga olib ketishmoqda. Agar ota-ona 5 yulduzli mehmonxonada, qayerdaki bolakaylarga kerakli bo’lgan e’tibor, sharoitlarni yaratib ber olishadi, to’xtasa baxs qilmas edik. Ammo 2-3yulduzli mehmonxonalarda yetarli sharoit bo’lmasligi ehtimoli juda katta.

Sug’urtachilarda ko’pincha muammolar guruhni kuzatib boruvchi ishchilarning uquvsizligi tufayli ham kelib chiqadi.

        Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilinishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan omil – chet elga chiquvchi fuqarolarning xavsizligi, haq huquqlarini himoya qiluvchi kafolatning yo`qligidir.

Hozirgi kunda bu yetarli darajada qator qonunchilik, huquqiy normativ hujjatlar bilan mustahkamlab qo’yilgan. Hususan, Rossiya Federatsiyasining “Iste`molchi huquqlari” to’g`risidagi qonuni tadbirkorlik subyektlari va tegishli xizmatlarga buyurtma beruvchi fuqarolar o`rtasidagi (shu o`rinda 1996yilgacha sayyohlik firmalari va sayyohlar aloqalarini ham) munosabatlarni tartibga soldi, ularning bajarilish majburiyatini joriy etdi. “Rossiya Federatsiyasida turizmni rivojlantirish” programmasiga muvofiq, 1996 yil 24-noyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan sayyohlik korxonalari va sayyohlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi va huquq, majburiyat va burchlarni aniqlashtirib beruvchi “Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” federal qonuniga imzo chekdi. Bu qonunning qabul qilinishi ommaviy turizmning   paydo bo’lishi va shu sababli bu sohaning chet elga chiquvchi fuqarolarning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi zarurati bilan tushuntiriladi.

“Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqarolik faoliyat asoslari” federal qonuni qabul qilinishi bilanoq chet elga chiquvchi fuqaro o`z haq huquqlarini nafaqat tur doirasida himoyalanishi, balki chet elga chiquvchi fuqaroik mahsulot to’g`risida berilyotgan ma’lumotlarning haqqoniyligini va uning ichiga kiruvchi boshqa qator xizmatlar sifatinitalab qilish imkoniyatiga ega bo`ldi. Agar oldin “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi Qonundan ishlab chiqarilgan tovarni sotishga aloqador alohida bir normani olib, uni chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat shakliga moslashtirilgan bo’lsa, maxsus qonun qabul qilingach barcha baxsli savollarning tartibli yechimi paydo bo’ldi. Sayyohlarning huquq va erkinliklari, manfaati va xavfsizligini himoya qilish maqsadida, chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyatni litsenziya qilish, turoperator va turagentlar faoliyatining standartlashtirishi qonunlari davlat tomonidn belgilangan,

1998 yil 26sentabrdan kuchga kirgan “Alohida olingan faoliyat turlarini litsenziyalashtirish ” chet elga chiquvchi fuqarolik litsenziyalarini alohida shartlari tartibini ta’minlaydi. Turfirma tomonidan bu shartlarning bajarilmasligi chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyatni amalga oshirish huquqini likvidatsiyasiga olib kelishi mumkin. Rossiya Federatsiyasining “Standartlashtirish to’g`risida”, “Tovar va xizmatlarini sertifaklash”  va “Reklama tog’risida” qonunlari iste`molchiga chet elga chiquvchi fuqaroik xizmatlarning sifatini tekshirishda davlat nazorati vositlari bo’lib xizmat qiladi. Shu asnoda, sertifikat shuni tasdiqlaydiki, sayyohlik firmasi sayyohga safar xavfsizligini, mulk, salomatlikning saqlanishi, sifatli xizmat ko`rsatishni va boshqalarni kafolatlaydi. “Sertifikatlashtirish to’g’risidagi” qonun chet elga chiquvchi fuqaro bilan bir qatorda chet elga chiquvchi fuqaroik firmani ham himoyalaydi: birinchi holda chet elga chiquvchi fuqaroik firma tomonidan qonunchilik bilan belgilangan, xizmatning normativ va kelishuv aktlarini aniq va to’liq ravishda bajarilishi bo’lsa; ikkinchi holda chet elga chiquvchi fuqaro tomonidan chet elga chiquvchi fuqaroik firmaga ko`rsatilgan xizmatning sifati va bajarilishi kerak bo’lgan majburiyatlar hajmiga nisbatan asossiz ayblovlarni qo’yishi.

Biroq chet elga chiquvchi fuqarolarning huquqiy himoyasini ta`minlovchi qonunlar, huquqiy normative aktlar yetarli darajada bo’lsa ham, ularning aksariyati mukammallikdan, xalqaro standartlardan yiroqdir. Shu sababdan fuqarolarning chet elga sayohat uchun chiqishlari soni ortar ekan, potensial chet elga chiquvchi fuqarolarning sayyohlik firmalariga bo’lgan shikoyatlari ham kundan kunga ortib bormoqda va chet elga chiquvchi fuqaro hamda turfirma munosabatlari yomonlashuviga olib kelmoqda. Shikoyatlarning umumiy oqimini quyidagicha bo’lish mumkin:

  • Sayyohlik firmasi tomonidan va`da qilingan xizmatlarning tegishlicha bajarilmasligi yoki umuman bajarilmasligi;
  • Tur programmasiga kiritilgan o’zgarishlr to`g`risida sayyohning o`z vqtida ogohlantirilmasligi;
  • Tur to’g`risida ishonchsiz va noaniq ma`lumotlar taqdim etilgani;
  • Tur shart sharoitlarini o’zgarishida sayyohlik firmasi majburiyatining cheklanishi;
  • Iste`molchiga ko’rsatilayotgan chet elga chiquvchi fuqaroik xizmatning xavfsizlik huquqining buzilishi.

Ko’pchilik turfirmalar kelayotgan shikoyatlarni kelajakda ularni oldini olish, keyinchalik ish faoliyatida buni e’tibordan chetda qoldirmaslik niyatida kuzatib, tahlil qilishadi. Shu qatorda chet elga chiquvchi fuqaroga ma`naviy va moddiy zarar uchun kompensatsiya miqdori ham belgilanib boriladi. Afsuski, bu aksariyat sayyohlik firmalari tomonidan amalga oshirilmaydi. Aksincha, ular orasida, potensial chet elga chiquvchi fuqarolarning ko’pchiligi ham qonun tomonidan belgilangan va kafolatlangan o’z haq huquqlarini bilmasliklaridan foydalangan holda (sayyohlik firmasining xodimlari ularga buni tushuntirishni hayoliga ham keltirishmaydi) faqat o’z shaxsiy foyda va manfaatini o’ylab harakat qilishadi. Shunday ekan, shu kabi turfirmalarga bo’lgan shikoyatlar kundan kunga yuqori turuvchi davlat organlariga (Rossiya Federatsiyasining sport, jismoniy madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi mahsus komissiya, prokuratura, davlat soliq qo’mitasi, sayyohlik xizmatlarini sertifikatlashtirish organlari, monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi, iste`molchilar huquqlarini himoya qiluvchi jamiyat), ommaviy axborot vositalariga (gazeta, radio, televidenie, internet), fuqarolik sudlariga taqdim etilmoqda. Aksariyat holatlarda sud qarori jabrlanuvchi (sayyoh) foydasiga hal etilsa ham, bungacha juda ko’p vaqt, harakat va mablag’ sarf etiladi.

Aytilgan barcha gaplardan quyidgi mantiqiy xulosa kelib chiqadi: nafaqat sayyohlarning, balki sayyohlik firmasining ham manfaatlarini oddiy, tez, oson ravishda himoya qilish usuli bu sug`urta qilishdir. “Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” federal qonunida aytiladiki, turizm xavfsizligini ta`minlash (shaxsiy, chet elga chiquvchi fuqarolar mol mulkining xavfsizligi, atrof muhitga zarar yetkazilishi) v chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyatni amalga oshirish (turoperatorlik, turagentlik faoliyati, sayohatlarni tashkillashtirish) sug`urta qilish yordmida amalga oshiriladi. Bunda sayyoh talabiga binoan turoperator (turagent) kasallanish va baxtsiz hodisa bo’lsa,  sug`urta xizmatining ko`rsatilishi uchun sharoit yaratishda yordam beradi, shuningdek boshqa ma`muriy, yuridik, uchinchi shaxslar oldida javobgarlik, o’lim holati va b.da ham sug’urtalashda yordam ko’rsatadi.

Afsuski hozirgi kungacha chet elga chiquvchi fuqaroik firmalar tomonidan sug`urta qilish qo’shimcha og’irlik sifatida qaraladi. Bunday firma xodimlari sug`urta xizmatlarini tegishlicha sota olmaslik qanchalik zarar keltirishi mumkinligini  hattoki tasavvur qila olishmaydi. Bundan tashqari, shubxali sug`urta polisini sotish bilan chet elga chiquvchi fuqaroik firma o’zining moliyaviy ahvolini o`rtaga qo’yadi, shu qatorda ishonchli sug`urta xizmatini taklif etish turfirmaning obro’sini oshiradi va sayyohlar ko’zida o’z firmasiga bo’lgan ishonchni orttiradi, eng asosiysi firma byudjetini keraksiz harajatlardan asraydi.

 

6.2 Chet elga chiquvchi fuqarolarni (sayyohlarni)sug`urta qilishning o’ziga xos jihatlari

 

6.2.1 Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urtalashning asosiy turlari

Turizmda sug`urta qilish – sug`urtaning o`ziga xos ko`rinishi bo’lib, chet elga chiquvchi fuqaroik sayohat, shoptur, biznes sayohat va boshqalar vaqtida fuqarolarning mulkiy(moliyaviy) manfaatlarining sug`urta himoyasini ta’minlaydi. U sug`urtaning yuqori tavakkallik risk, turiga kirib, unga qisqa muddatlilik (6 oygacha), sug`urta holatining sodir bo’lish payti va qoplanishi kerak bo’lgan zararning noaniqligi bilan ajralib turadi.

Chet elga chiquvchi fuqarolarning sug`urtasi deyilganda, odatda turli kasalliklar, jarohatlar, o’lim, tur davomida bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni hisobga olgan holda o’z xohishi bilan amalga oshiriladigan tibbiy sug`urtalash, o’zi bilan olib ketiladigan shaxsiy buyumlar va bagaj, mulkni sug`urtalash, uchinchi shaxslar, atrof muhitga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararni qoplaydigan fuqarolik majburiyatini sug`urtalashtushuniladi.

Ammo sanab o’tilganlar sug`urtalashning yagona xillari emas, bulardan tashqari sug`urta kompaniyalari yana ko’plab chet elga chiquvchi fuqaroik sug’urtalash turlarini taklif qila oladilar. Masalan, Yevropaning eng yirik sug`urta kompaniyalaridan biri- Europe Assistance o’zining mijozlariga nafaqat tibbiy sug`urtalashni, balki yuridik, information assistanceni taklif qiladi.

Bunday sug`urtalash Rossiya sug`urtalash kompaniyalarida deyarli uchrmaydi. Kamdan kam sug`urta kompaniyalari o`zlarining chet eldagi hamkorlari bilan birgalikda chet elga chiquvchi fuqarolarning huquqiy va ma`muriy javobgarliklarini sug’urta qilishni taklif qiladi. Qulay marshrutlar to’g`risida, madaniy hordiq chiqarish joylari, ko’ngilochar maskanlari haqidama’lumot beruvchi information assistance xizmati bizning chet elga chiquvchi fuqarolarimizga umuman notanishdir.

Bundan tashqari yana ko’plab Rossiyada uchramaydigan sug’urtalash turlari mavjud. Ammo baribir ba`zi kompaniyalar sug`urt bozoriga butun dunyo sayyohlriga ma`lum bo’lgan sug`urta turlarini olib kirishga harakt qilmoqdalar. Shunday qilib, “Russkiy straxovoy sentr” o’zining hamkori Europe Assistance bilan birgalikda yukni sug`urtalash dasturini ishlab chiqdi. Sug`urta qoplamasi yukning aviatsion, suv, yoki temiryo’ldan foydalangan holda, davlatdan chiqishda yoki kirishda yo’qotilgani, yo’q qilingani, cho’ktirib yuborilgani, yaroqsiz ahvolga keltirilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ko’rsatilgach to’lanadi. Qisqa qilib aytganda, bu kompensatsion sug’urta bo’lib, ba`zi noqulayliklarga ega. Shumga qaramasdan, faqat ba`zi bir kompaniyalar tomonidan taklif etiladigan bu xizmat turi, chet elga chiquvchi fuqarolarda qiziqish uyg`otmoqda.

“Russkiy straxovoy sentr” taklif qilayotgan boshqa bir sug`urta xizmati bu baxtsiz hodisadan sug`urtalashdir. Sug`urta hodisasi sodir bo’lganda sug`urta kompaniyasi, nafaqat jabrlanuvchining tuzalishi uchun zarur ambulatory, statsionar davolanish, opertsiya, davolash maskaniga yetkazish, balki jabrlanuvchi bilan bo’lgan shaxsga ham uni kuzatish uchun kerakli mablag’ni;uning ovqatlanishi va turar joyi uchun qo’shimcha harajatlarni to’laydi. Baxtsiz hodisa holatidajuda kata hajmdagi xizmatlar amalga oshirilishi zarurligiga qaramasdan, bu turdagi sug`urta tarifi nisbtan arzon, kuniga 10 sentdan to’laniladi.

Europe Assistance bilan birgalikda ” Russkiy straxovoy sentr” o`z xizmatlari ko’lamini chet el chet elga chiquvchi fuqarolariga taklif qilinayotgan xizmatlarning barchasi darajasida kengaytirish niyatida. Ma`lumki, xorijlik chet elga chiquvchi fuqarolar, o’zg o’lkaga sayohat uyushtirar eknlar, barcha turdagi sug`urta xizmatlarini o’z ichiga olgan sug`urta polislarini buyurtm qiladilar. Rossiya kompaniyalari esa mijozlarga hozircha cheklangan xizmat to`plamini taklif eta oladilar. Biroq xorij sug`urta kompaniyalarining ishi birmuncha yengilroq, o’sha Europe Assistance, GESA kabi kompaniyalar sug’urta polislari nafaqat Fransiya, balki boshqa Yevropa davlatlari Germaniya, Belgiya va boshqalar hududida ham haqiqiydir.

” Russkiy straxovoy sentr” o’z xizmatlari ko’lamini kengaytirish maqsadida uchinchi shaxslar mulkiga (mehmonxona, restoran va boshq.) yetkaziladigan zarardan sug`urtalash- rus sug`urta xizmatlari bozorida yangi dasturni ishlab chiqdi. Ung ko’ra, sug`urta holati deb, buyumga, mulkga yetkazilgan to’g`ridan to’g’ri zarar, chet elga chiquvchi fuqaro tomonidan “bexosdan, bilmagan holida” keltirilgan bo’lsa aytiladi. Ziyoli, badavlat mijozlarga Biznes kard kategoriyasidagi, deyarli barcha davlatlarda o’tuvchi dastur taklif etiladi. Sug`urta holati sodir bo’lganda bu dastur bo’yicha jabrlanganlarga tibbiy xizmat harajatlarigina emas, balki huquqiy yordam, tezkor yordam, yo’qolgan yukni topishda yordam ko’rsatiladi.

Biznes kard sug`urta polisining yillik narxi 30 dollarlik franshiza, 25000 dollarlik qoplash limiti bilan 150 dollar (Silver Business card), franshizasiz zararni qoplash limiti 35000 dollar bo’lgan polis narxi 250 dollar. Umuman qilib aytganda, Biznes Card- korporativ sug`urta polisi bo’lib, tez tez xizmat safari bilan chet mamlakatlarga tashrif qiluvchilar uchun qulay, shu bilan birga sayohat davomiyligi 3 oydan oshmasligi lozim.

Rossiya sug`urta kompaniyalari turagentliklar bilan ishlashning foydali jihatlarini axiyri ko’ra boshladilar. Shuning uchun ularning ba’zilari sayyohlik ishini rivojlantirish turoperatorlari uchun maxsus chegirmalarni joriy qilishmoqda.

Shuningdek, turli xildagibelgilangan xizmatlarnigina o’z ichigaoluvchi, imtiyozli tariflarga minimal polislarni sotish amaliyoti ham joriy etilmoqda.

Информация о работе Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati