Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 11:42, реферат

Описание работы

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.

Файлы: 1 файл

chet elga chiquvchi fuqarolar sug'urtasi.doc

— 2.16 Мб (Скачать файл)

Marketingning eng asosiy yo’nalishi sug’urta xizmatlari bozorini aniqlashdir. Sug’urta ehtiyojlari nima sababdan vujudga kelganligi, sug’urta bozoridagi talabni o’rganishdan boshlanadi. Shuningdek, raqobatdosh kompaniyalar qanchalik ma’lumotga egaligini ham e’tiborga olish lozim. Izlanishlar dastlab kichik miqyosda (viloyat, rayon), keyin kata miqyosda (mamlakat, yaqin xorij) olib borilishi lozim. Eng ohirgi bosqich dunyo sug’urta bozorini o’rganish bo’ladi.

Keyingi o’rindagi ahamiyatli yo’nalish - bozor konyunkturasini o’rganish va bashorat qilish. 

Uchinchi muhim yo’nalish –raqobtdosh kompaniyalar imkoniyatlarini o’rganib chiqish. Buning uchun bu kompaniyalarning har biriga dosye tuziladi, kompaniyalar rasmiy statistika bo’yicha baholanadi.

 

6.7 Ichki va tashqi, xalqaro turizm

“Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” federal qonuniga muvofiq turizm keluvchi, ketuvchi v ichki turizmga bo’linadi. Hozirgi kunda rus turizmida e’tibor asosan chiquvchi turizmga qaratilgan. Rossiya hududida jo’ylashgan turfirmalar o’z fuqarolarini chet elga jo’natishni ma`qul ko’radilar.

Rossiyaning ichki turizm bozori

Bugungi kunda Rossiya mehmonxonalari katta miqdordagi mablag’ oqimiga muhtoj. Buning natijasida ular o’z ko’rinishini yaxshilash, xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari va nafaqat mahalliy chet elga chiquvchi fuqarolar, balki xorijiy chet elga chiquvchi fuqarolar ko’z o’ngida ham imidjini oshira oladilar.

Rossiya mehmonxona kompleksining moddiy- texnik holati

     

Mehmonxona kompleksinig yaroqliligi%

 

Region

Viloyat

Chet elga chiquvchi fuqaroik klassdagi mehmonxonalarning umumiy soni

Jahon standardiga mos kelishi%

Moskva

Moskva va Moskva viloyati

340

48

53

Markaziy

Bryansk, Vladimir, Ivanov, Kaluga, Kostroma, Orel, Ryazan, Smolensk, Tver,  Tula, Yaroslavl

169

73

9

Chernozem

Belgorod, Voronej, Kursk, Lipetsk, Tambov

78

79

3

Shimoliy

Arxangelsk, Vologda, Murmansk,  Komi,  Kareliya

73

86

18

Shimoliy g’arbiy

Leningrad, Novgorod, Pskov, Kaliningrad, Sankt Peterburg

118

51

41

Janubiy

Rostov, Stavropol, vaKrasnodaro’lkalari, Shimoliy Kavkaz Respublikalari

515

39

4S

Povoljye

Astraxan, Volgograd, Kirovsk, Nijegorod, Vosho-Vyatka rayoni, Saratov, , Samara, Ulyanovsk, Tatariston Respublikasi

685

74

24

Ural

Sverdlovsk, Chelyabinsk, Perm, Orenburg, Kurgan, Boshqirdiston Respublikasi

180

80

И

G’arbiy- Sibir

Oltoy o’lkasi, Kemerovo, Novosibirsk, Omsk, Tomsk, Tyumen viloyatlari

218

62

28

Sharqiy - Sibir

Krasnoyarsk o’lkasi, Irkutsk, Chita, viloyatlari, Buryatiya, Tiva

54

84

5


 

 

 

      Uzoq Sharq

 

Magadan, Kamchatka, Saxalinviloyatlari, Xabarovsk va Primorye O’lkalari, Yakutiya Saxa

 

 

71

 

 

 

2

Butun Rossiya bo’ylab

2501

69,4

22


 

Hozirgi kunda Rossiyada 500-600 ming chet elga chiquvchi fuqaroik nomerlar (2000dan ziyod qurilish obyektlari) tanqisligi kuzatilmoqda. Agar zamonaviy mehmonxonaning qurilishi uchun 5-10mln. dollar kerakligini hisobga olsak, kerakli bo’lgan investitsiyalar miqdori 10-20mlrd. dollar. Kerakli mablag`ning juda katta ekanligiga qaramay, mehmonxona biznesining hozirgi kunda jadal rivojlanib borishini e’tiborga olinsa, bu operatsiya o’zini 5-10 yilda oqlaydi. Dunyo investitsion amaliyotida bu unchalik uzoq vaqt emas.

Rossiyada turizm yuqori rivojlangan regionlar Kaliningrad, Kavkazskie Vodi, o’rta darajada Zolotoe koltso, Kareliya, Povoljye. Boshqa regionlardagi mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas deb topilib, u yerda yangi mehmonxona komplekslarini qurish rejalashtirilgan.

Qanday mehmonxonalar qurilishi lozim? Bozorni tekshirish natijasida aniqlandiki, eng optimal yechim 3 yulduzli mehmonxonalar qurilishidir.

Rossiyaning chet elga chiquvchi fuqaroik potensiali o’rtacha ko’rsatkichi 55,8% ni tashkil etadi. Rossiya o’zining boy tabiati, landshaftining imkoniyatlari, geografik va iqlim ko’rstakichlari turizmning gullab yashnashiga asos bo’la oladi. Masalan boshqa mamlakatlar chet elga chiquvchi fuqaroik potensialini solishtirsak: Turkiyaniki- 38,4%. Gretsiyaning potensiali 35%, Italiyaniki – 49%, Fransiya, Ispaniya, Germaniyaniki esa – 50 % dan ozgina yuqoriroq. Bundan kelib chiqadiki, kompleks turizm nuqtayi nazaridan Rossiya juda yuqori istiqbolga ega.

Rossiya ekonomik zonalarida chet elga chiquvchi fuqaroik potensial

Chet elga chiquvchi fuqaroik rayonlar

Asosiy chet elga chiquvchi fuqaroik obyektlar va dam olish ko’rinishlari

Rayon potensiali, %

 

janubiy

 

Chernomor qirg’og’idagi kurortlar, Shimoliy Kavkaz dam olish uylari va sanatoriylari, tog’ chang’I va tog’ turizmi

 

79,2

 

Markaziy

 

Moskva, Podmoskovye, Oltin uzukning qadimiy shaharlari, markziy viloyat ko’llari dam olish uylari, pansionatlar

 

73,5

 

shimoliy

 

Kareliyako’llari, Valaam, Solovetskorollari, Arxangelsk viloyati qishloqlari

 

71,9

 

Volga bo’yi

 

Jigulikurortzonalari, , Volgasanatoriylari, SamaravaSaratovdamolishuylari, VoLga, Kamabo’yichao’tkaziladigankruizlar

 

60,7

 

Ural

 

 

Tog’li va polyarUral, Chelyabinsk, Sverdlovsksanatoriylari, Boshqirdiston o’rmon va suvbo’yi pansionatlari

 

56,0

 

G’arbiy- Sibir

 

Oltoydatog’ turizmi, Tletskko’li, “Belokurixa” kurorti, suvbo’yi, suv omborlari yaqinidagi dam olish uylari, pansionatlar

 

50,6

 

Chernozemye

 

Pansionat va Voronej va Belgoroddagi dam olish uylari

 

45,3

 

Shimoli Garbiy

 

Novgorod, Pskov qadimiy shaharlari, Laduga, Ilmen,Onega ko’llari

 

44,0

 

Sharqiy Sibir

 

Sayandagi tog’ ekstremal turizm, Krasnoyar stolbi kurort zonasi, yenisey va angara bo’yidagi pansion, dam olish uylari va sanatoriylar

 

40,3

 

Uzoq sharq

 

Kamchatka va Saxalinda yovvoyi turizm, Tayga bo’ylab ekstremal marshrutlar, Tinch okeani dam olish uylari va sanatoriylar

 

36,9

 

Rossiyada o’rtacha

 

55,8%

 

 

Rossiyada xorijiy va mahalliy chet elga chiquvchi fuqarolarni yaqin 3-5yil davomidajalb qiladigan region bu- janubiy kurort zonasi bo’lib, unga 2,5mlrd dollar investitsiyalar jalb qilingan.

21-asrda iqtisodiy inqirozga qaramasdan, turizmda   pasayish kuzatilmadi. Xalqaro turizm tashkiloti statistikasiga ko’ra chet elga chiquvchi fuqarolar soni (mln): Germaniya- 163, Yaponiya – 141, AQSH- 123, Xitoy – 100, Buyuk Britaniya – 91.

 

6.8 Turizmda sug’urtalashning klassifikatsiyasi

Sug’urtalashni klassifikatsiyalashda asosiy ahamiyat shundaki, keying bo’g’in oldingisi bilan ajralmas bog’liq.

Sug’urtalash klassifikatsiyasi



 

 

 

 

 

 

“Shaxs sug’urtasi” tarmog’i hayotiy faoliyat, mehnatga yaroqlilik, sog’liqning saqlanishi asosiy bo’lgan obyektlarni qamrab oladi.

“Mol mulk sug’urtasi” tarmog’iegalik qilish, foydalanish, moliyaviy risk bilan bog’lik mol mulk sug’urtasini o’z ichig oladi.

“Majburiyat sug’urtasi” tarmog`i sug’urtalanuvchi mol mulkka, shaxsga nisbatan, shuningdek chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotga zarar yetkazishidan sug’urtalash.

“Qayta sug’urtalash” tarmog’I bu bir obyektni har xil sug’urtachilar tomonidan sug’urtalashini qamraydi.

 

6.8.1 Chet elga chiquvchi fuqarolarni (sayohatchilarni) shaxsiy sug’urtalash

Rossiya Federatsiyasining “Sug’urta ishini tashkillashtirish to’g’risida” gi federal qonuniga ko’ra shaxsiy sug’urtalash deyilganda sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi munosabatlar sug’urtalanuvchining hayoti, sog’ligi, ishga layoqatliligi bilan bog’liq muammolar asosida qurilishi tushuniladi.

Sug’urtalanuvchi sifatida ham jismoniy, ham yuridik shaxslar (chet elga chiquvchi fuqarolar, chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlar), sug’urtalanganlar sifatida esa faqat jismoniy shaxslarni (chet elga chiquvchi fuqarolarni) e’tirof etish mumkin. Biroq shaxsiy sug’urtalash faqat jismoniy shaxs bilan bog’liq. Masalan, sug’urtalanuvchi sifatida turfirma (yuridik shaxs) o’zining shaxsiy mablag’lari evaziga o’z xodimlarini sug’urtalanganlar sifatida shaxsiy sug’urtalashni amalga oshiradi. Sug’urtalanganlar sifatida (sug’urta kompaniyalariga bog’liq ravishda) 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, shuningdek 75-80 yoshdagi mehnatga layoqatsizlar ham e’tirof etilishi mumkin. Bunda shaxsiy sug’urtalash faqatgina moddiy manfaatni sug’urtalashini unutmaslik lozim. Sug’urta qoplamasi sug’urtachi bilan shartnomada ko’rsatilgan summani tashkil etadi.

Hayotiy faoliyat, sog’liq, mehnat layoqatliligi zararlangan holatlar sodir bo’lsa ham, bu hodisalr sug’urta qoplamasi shartnomada ko’rsatilgan holatlar, ya’ni sug’urta holatlari bilan muvofiq kelsa, shuningdek sug’urtalash shartlari bilan mos kelsa amalga oshiriladi. Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug’urtalashda sug’urta holatlari sifatida qisqa muddatli, kutilmaganda, qasddan bo’lmagan baxtsiz hodisalar (zaxarlanish, jarohatlanish), o’lim (chet elga chiquvchi fuqaroik yo’llanmada mavjud joylarda) tushuniladi. Sug’urta holatlariga xronik, retsidiv kasalliklar kirmaydi.

Shaxsni sug’urtalash ixtiyoriy jarayon bo’lib, sug’urtalanuvchi o’zi xohlagan kompaniyalarning birining xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bunda shartnoma shartlari bilan chuqur tanishib chiqish lozim, chunki bu shartlarni bajarmaslik holatida, sug’urta kompaniyasi sug’urta qoplamasini to’lamaslik huquqini saqlab qoladi.

 

6.8.1.1 Chet elga chiquvchi fuqarolarni) ixtiyoriy sug’urtalash

Chet elga chiquvchi fuqarolarni tashish miqdori oshib borarkan, turli transport hodisalarining ijtimoiy natijalarining ahamiyati shunchalik oshib boradi. Dengizda, havoda sodir bo’lgan bitta halokatda yuzlab kishilar qurbon bo’lishi mumkin. 1986 yil 1 sentabrda “Admiral Naximov” yo’lovchi teploxodi, Novorossiysk portioning yonida cho’kib ketgani (398 odam vafot etgan), 2001 yilda Qora dengiz uzra uchayotgan yo’lovchi samoletning raketa bilan urib tushirilishi va boshqa ayanchli halokatlar gaplarimizning tasdig’I bo’la oladi.

Shu sababli amalga oshirilgan izlanishlarda qayd etilishicha: yo’lovchining temir yo’l halokatiga uchrashi ehtimolligi 1 х 10-3. Bu ko’rsatkich havo yo’llaridagidan ancha kata, u yerda qaysidir reysda samoletning halokatga uchrash ehtimolligi 1 х 10~6  dan  1 х10-7 gacha. Biroq havo yo’llari halokati, ba’zi baxtli tasodiflardan tashqari, samoletdagi barcha yo’lovchilarning o’limiga olib keladi. Poyezddagi avariyada yo’lovchining halok bo’lish ehtimolligi esa 2 х10-4 . Shunday ekan, havo yo’llari va temir yo’llaridagi halokatlar solishtirilishi mumkin.

Xalqaro praktikada yo’lovchilarning halok bo’lishi holatida, yoki ularga jarohat yetkazilishi holatida mas’uliyat chegaralari qaror topgan. Rossiya Federatsiyasida majburiy sug’urtalash faqatgina umumiy transport foydalanuvchilariga nisbatan, ularning o’z puli evaziga qo’llaniladi.

Transportda asosan ishga layoqatli, sog’lom fuqarolar, shuningdek chet elga chiquvchi fuqarolar, jarohatlanishini inobatga olsak, yo’lovchi tashuvchilar yetkazishlari mumkin bo’lgan o’z mas’uliyatlarini majburan sug’urtalashlarimaqsadga muvofiqdir.

Yo’lovchilarning ijtimoiy himoyalash savollarini qonuniy tartibga solishda yo’lovchilarni (chet elga chiquvchi fuqarolar) baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urtalash muhim rol o’ynaydi. Bunda yo’lovchi va tashuvchi munosabatlarini aniqlashiruvchi, yo’lovchini shu transportda tashish to’g’risida shartnoma tuziladi. Majburiy sug’urtalashdan farqli ravishda, ixtiyoriy sug’urtalash bilet narxiga kiritilmaydi, yo’lovchi o’zini xohlagan summada sug’urtalashi mumkin. Sug’urta qoplamasining to’lanishi boshqa turdagi sug’urtalash (ikki marta sug’urtalash ) va ijtimoiy ta’minotdan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 

Yo’lovchilarni ixtiyoriy sug’urtalash Sug’urta tekshiruvi Departamenti litsenziyasi bor sug’urta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qo’lga beriladigan shartnoma yo’lovchi yoki uning nomidan ish ko’ruvchilar uchun sug’urta qoplamasimi undirish uchun asosiy hujjatdir.

Yo’lovchilarning ijtimoiy himoyalanishlarini tartibga solish va qonuniylashtirishda yo’lovchilarni transportdagi baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urtalanishi muhim ahamiyatga ega.

    • Sug’urtalash to’g’risidagi Qonunga binoan shartnomada (polisda) quyidagilar ko’rsatilishi shart:
    • Shartnoma tuzgan sug’urta kompaniyasining to’liq nomi, yuridik manzili, hisob raqami va telefon;
    • Sug’urtalash obyekti va sug’urtachi zararni qoplashi majburiy bo’lgan sug’urta holatlari  ro’yhati;
    • Ro’yhatdagi holatlar uchun sug’urta kompaniyasi ajratgan summa miqdori;
    • Sug’urta badali hajmi va u kiritilgan sana;
    • Polisning amal qilish muddati.

       Polisda sug’urtalanayotgan shaxsning, yo’lovchining ism sharifi, familiyasi hamda imzosi, sug’urta tashkiloti va sug’urtalanuvchining imzosi va sug’urta tashkilotining muxri bo’lishi shart. Sug’urta shartnomasida tomonlarning sug’urta to’lovlarini to’lash shart sharoitlari, baxsli vaziyatlarni tartibga solish umumiy majburiyatlari ham ko’rsatib o’tiladi.

       Ixtiyoriy sug’urtalashda sug’urta tarifi transport turlarida ro’y bergan halokatlar statistic ma’lumotlari asosida belgilanadi. Bunda havo transportidagi to’lanadigan pul miqdoriga uchish maydonidagi jarohatlanish ham kiradi.  Sug’urta himoyasi yo’lovchining aeroport hududiga kirib kelishidan to aerovokzaldan chiqishigacha amal qiladi, ya’ni sug’urta himoyasi boshlang’ich va yakuniy manzillar (aerokomplekslar) hududida ham amal qiladi. Sug’urtalash majburiyatining bu kabi holatlarda qo’llanilishi ahamiyatli bo’lib, jarohatlanish, ko’p hollarda aynan shu hududda sodir bo’ladi. Masalan, kechga qolqyotgan yo’lovchi uchish maydoniga yugurib chiqib aylanayotgan saamolet vinti ostida qolib ketgan holat ma’lum. Shuningdek, yo’lovchilarning jarohatlanishi samoletga o’tirish, undan tushish, maxsus tekshiruvdan o’tkazilayotganida qayd qilingan ko’p holatlar mavjud.

 

  6.8.1.2. Chet elga chiquvchi fuqarolarning) majburiy shaxsiy sug’urtalanishi

         Sug’urtachilar tomonidan amalga oshiriladigan, bu turda sug’urtalash operatsiyalarini amalga oshirilishi uchun mahsus davlat litsensiyasini olgan, aviayo’lovchilarning majburiy sug’urtasi 1994 yil 6 apreldagi “Majburiy sug’urtalash sohasida davlat siyosati” va 1992 yil 7 iyuldagi       “ Yo’lovchilarni majburiy sug’urtalash”  Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Farmonlariga asoslanadi. Bu normative hujjatlar Rossiya Federatsiyasi hududida yo’lovchilarning havo transportlarida bo’lishi mumkin baxtsiz hodisalardan majburiy sug’urtalanishlari shartlarini tartibga soladi.

    • Majburiy shaxsiy sug’urtalash quyidagi yo’lovchilarga tegishli emas:
    • Barcha turdagi xalqaro transportlar;
    • Shahar yaqinidagi temir yo’l, suv, avtomobil transporti;
    • Shahar marshrutlaridagi avtomobil transporti.

      Yo’lovchilarning (chet elga chiquvchi fuqarolar, ekskursantlar) majburiy shaxsiy sug’urtasi Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilab qo’yilgan shartlar asosida Rossiya sug’urtalash nazoratining ushbu turdagi sug’urtalash operatsiyasini amalga oshirish huquqiga egaligi litsenziyasiga ega sug’urta kompaniyalari va yo’lovchi tashuvchilar o’rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

      Yo’lovchi tashuvchilar yo’lovchilar bilan sodir bo’lgan har bir baxtsiz hodisa to’g’risida akt tuzishi va uning nusxasini sug’urtalangan shaxsga, uning vorislariga berishi lozim. Aviatashuvchi shuningdek sug’urtachi yozma so’rovidan boshlab 10 kun ichida unga ushbu akt nusxasini jo’natishi lozim.

      Qonunchilikda ko’rsatilgan tartiblarda amalga oshirilgan yo’lovchilarning majburiy sug’urtasi uchun sug’urtachilarga beriladigan sug’urta rag’batlarining bir qismi aviatransportlarda baxtsiz hodisalarni oldini olish tadbirlarini tashkil etish uchun kerakli moliyaviy rezervga jo’natiladi.

     Yo’lovchini majburiy sug’urtalash shartnomasini tuzgan sug’urta kompaniyasi yo’lovchini sug’urtalash shartlari bilan tanishtirishi, va sug’urta qoplamasini olish joyi, tartibi va shartlari to’g’risida to’liq ma’lumot berishi shart. Majburiy sug’urtalash shartlarini qisqacha temiryo’l passajirlarini sug’urtalanishi holatida ko’rib chiqsak. 

      Majburiy sug’urta shartnomasi tuzilayotganda yo’lovchining manfaatlarini transport tashkiloti aks ettiradi. Sug’urtalash obyektlari bo’lib sug’urtalangan shaxslarning hayoti va salomatligi bo’ladi. Sug’urta shartnomasi butun sayohat davomida amal qiladi. Sug’urta holatlari sifatida yo’lovchining baxtsiz hodisa natijasida jarohatlanishi yoki halok bo’lishi tushuniladi. Sug’urta qoplamasini to’lashni quyidagilar sodir bo’lsa rad etilishi mumkin: 

Sug’urtalangan tomonidan  atayin sodir etilgan harakat tufayli sug’urta holatining kelib chiqishi;

Sug’urtalanganning alkogol, givohvand moddalari ta’sirida topilishi;

Sanab o’tilganlar va boshqa holatlarda sug’urta qoplamasining amalga oshirilishining rad etilishi sud tartibida ishning ko’rib chiqilishiga asos bo’la oladi. Sug’urta badali sug’urta summasi va sug’urtachi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Yo’l Vazirligi tomonidan tasdiqlangan  tarif stavkalaridan hisoblanadi.

Majburiy sug’urtalash shartnomasiga binoan yo’lovchilar yo’lovchi poyezdiga chiqish e’lon qilingan vaqtdan boshlab to vokzalni, yoki borish stansiyasini borgandan so’ng 1 soatdan ko’p vaqt bo’lmagan vaqt davomida tark etmaguncha sug’urtalangan va sug’urta himoyasi ostida hisoblanadi. Tranzit yo’lovchilar poyezdga chiqish va vokzal hududida kutish vaqtida sug’urtalangan hisoblanadi.

Sug’urtalovchi sifatida yo’lovchilarni majburiy sug’urtalash holatida yo’lovchi tashuvchi bo’ladi. Sug’urta qoplamasini olish uchun jarohatlangan sug’urtalangan shaxs sug’urtachiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

    • Ariza;
    • Tashuvchi tomonidan baxtsiz hodisa to’g’risida tuzilgan akt;
    • Tibbiyot maskani tomonidan olingan jarohat haqida spravka, unda jarohat olish sabablari va sanasi, diagnoz, davolovchi vrach imzosi, tibbiyot maskani muxri bo’lishi lozim;
    • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Sug’urtalanganning halok bo’lish holatida uning vorislari sugurta kompaniyasiga quyidagilarni taqdim etadi:

    • Ariza;
    • Tashuvchi tomonidan baxtsiz hodisa to’g’risida tuzilgan akt;
    • O’limni tasdiqlovchi hujjat;
    • Vorislikni qo’lga kiritganlikni tasdiqlovchi hujjat;
    • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Информация о работе Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati