Korxona oborotidan olinadigan soliqlar auditi

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 30 Апреля 2015 в 10:21, курсовая работа

Описание работы

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlarini kamaytirish, ularni hisoblash mexanizmini soddalashtirish muhim masalaga aylanib bormoqda. Bu borada hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi haqida mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov alohida to‘xtalib: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, ya’ni soliq stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi” deb ta’kidlaganlar.

Содержание работы

KIRISH………………………………………………………………… ..3
I BOB. OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Oborotdan olinadigan soliqlarning auditining mohiyati, ob’ekti va subekti……………………………………………………………………..….7
1.2 Oborotdan olinadigan soliqlar auditininig maqsadi va vazifalari........………........................................................................................17
1.3 Oborotdan olinadigan soliqlar hisobining auditi...............................20
II BOB « BOGIZOGON» MCHJDA OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI.
2.1 « BOGIZAGON» MCHJning faoliyati va ular tulaydigan soliqlarning tasnifi va tavsifi ...............................................................................................23
2.2 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar
hisobining auditi.......................................................................................31
2.3 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar
Auditi va uni yaxshilash yo’llari..............................................................39
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………......41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...43
ILOVALAR……………………………………………………………....49

Файлы: 1 файл

Audit kurs ishi.doc

— 628.50 Кб (Скачать файл)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

 

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

 

«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASI

 

«AUDIT» FANIDAN

 

 

« KORXONA OBOROTIDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI»

 (“BOGIZOGON»  MCHJ”) misolida

                           

 

                                           

                                                  Bajardi: BH-111 guruh talabasi

                                                        Mirzayev T.

                                                        Ilmiy rahbar: Amanov A.  

 

 

SAMARQAND - 2015


MUNDARIJA:

 

KIRISH………………………………………………………………… ..3    

I BOB. OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINING NAZARIY ASOSLARI.

1.1  Oborotdan olinadigan soliqlarning auditining mohiyati, ob’ekti va subekti……………………………………………………………………..….7

1.2 Oborotdan olinadigan soliqlar auditininig maqsadi va  vazifalari........………........................................................................................17

1.3  Oborotdan olinadigan soliqlar hisobining auditi...............................20

II BOB  « BOGIZOGON»  MCHJDA OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI.

2.1 « BOGIZAGON» MCHJning faoliyati va ular tulaydigan soliqlarning tasnifi va tavsifi ...............................................................................................23

2.2 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar

hisobining auditi.......................................................................................31

2.3 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar

Auditi va uni yaxshilash yo’llari..............................................................39

XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………......41   

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...43   

ILOVALAR……………………………………………………………....49

 

 

 

 

 

 

 

 


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlarini kamaytirish, ularni hisoblash mexanizmini soddalashtirish muhim masalaga aylanib bormoqda. Bu borada hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi haqida mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov alohida to‘xtalib: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, ya’ni soliq stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi  tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi”1deb ta’kidlaganlar.

  Shu munosabat bilan respublikamizda oxirgi yillarda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq islohotlari amalga oshirildi,  soliq tizimi shakllanib, yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi, soliq organlarining yaxlit tizimi barpo etildi.  Iqtisodiyotdagi soliq yuki 1991 yildagi 41.2 % dan hozirgi kunda 22 % qadar pasaydi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish ishlari  amalga oshirildi. Shu va shunga o‘xshash islohotlar samarasi o‘laroq mamlakatimizda 2013 yilda YAIM 8 foizga oshdi.  Yurtimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o‘z navbatida oborotdan olinadigan soliqlar hisobini o‘rganishni, amaliyotda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni, ushbu soliq hisobini chuqur tadqiq etishni taqozo etmoqda.

   Hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi haqida mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov alohida to‘xtalib: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, foyda solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovi stavkasining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi  tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi deb ta’kidlaganlar.Unga ko’ra soliq stavkalari quyidagicha belgilandi: tijorat banklari uchun soliq stavkasi 2015 yil darajasida 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi,  o‘rtacha va eng yuqori stavkalari esa 2015 yil darajasida saqlanib qolindi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foiz miqdorida saqlanib qolindi, QQS stavkasi 20 foiz miqdorida saqlanib qolindi, aksiz solig‘i stavkalari respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy vinoga – 5 foizga, quvvatlangan vinoga – 15 foizga, spirt, pivoga – 20 foizga, konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlariga – 25 foizga, filtrli, filtrsiz sigaretlar va papiroslarga – 30 foizga, o‘simlik (paxta) oziq-ovqat va texnik yog‘iga – 10 foiz qilib belgilandi.  
        2015 yilning 1 yanvaridan boshlab, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 3,5 foiz o‘rniga 4,0 foiz miqdorida belgilandi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2013 yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilindi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o’z darajasida  saqlanib qolindi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i sof foydaning 8 foizi miqdorida saqlanib qolindi,xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlari uchun plastik kartochkalar orqali haq to‘langanda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha belgilangan stavkani kamaytirish 10 foiz o‘rniga 5 foiz etib be

Mavzuning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.  Mazkur kurs ishi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mos keladi va mazkur doirada bajarilgan.

 Tadqiqotning maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oborotdan olinadigan soliqlar auditini nazariy, metodologik va tashkiliy muammolarini tadqiq etish hamda ushbu muammolarni hal etishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar berishdan iborat.  Oborotdan olinadigan solqlar auditini nazariy jihatdan o‘rganish va amaliyotda oborotdan olinadigan soliqlar  hisobini tahlil qilish, bu hisobni yuritishni takomillashtirish  va uning hisobini yuritishdagi kamchiliklariga tegishli to‘g‘ri tavsiyalarni berish.

Tadqiqotning vazifalari:

  • oborotdan olinadigan soliqlar auditini nazariy asoslarini o‘rganish;
  • tadqiqot ob’ekti bilan tanishish;
  • korxonada oborotdan olinadigan soliqlar auditini yuritilishini tahlil qilish;
  • korxonada bu soliklar auditini yuritilishini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

 Tadqiqotning ob’ekti: Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan  «BOGIZAGON» MCHJ korxona faoliyati va buxgalteriya ma’lumotlari.   

  • «Bog‘izag‘on» MCHJ ning faoliyati haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, «Bog‘izag‘on» ma’suliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi №3202-PF sonli «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoniga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi № 189 sonli «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qaroriga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasining 2003-yil 27-dekabrdagi ta’sischilik shartnomasiga asosan tashkil etilgan.
  • «Bog‘izag‘on» MCHJ ning Ustavi yangi tahrirda 2011-yil 8-noyabrdagi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan.

Ishning hajmi tarkibiy tuzilishi:      

 Tadqiqot kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib jami 27 betni tashkil etadi

    Kirish qismida tadqiqot to‘g‘risida, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot ob’ekti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan.

   Asosiy qism esa ikki bobdan iborat. Uning birinchi bobida tadqiqotning nazariy qismi ochib berilgan. Ikkinchi bobi esa amaliyotda ya’ni korxona misolida oborotdan olinadigan solig‘i hisobining yuritilishi, uning tahlili va takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

     Xulosa va takliflar qismida  oborotdan olinadigan solig‘i  hisoblash tizimi  bo‘yicha yaxlit xulosalar kiritilgan.

   Ilovalarda esa korxona  va uning hisob ma’lumotlari to‘g‘rikidagi rasmiy hujjatlar kiritilgan.

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I BOB. OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINIG NAZARIY ASOSLARI.

 

1.1  OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINING MOHIYATI, OBEKTI VA SUBEKTI

Har qanday buyum, narsa, voqelikni chuqur bilish uchun uning mohiyatini chuqur tushunib yetmoq zarur. Shunday ekan, oborotdan olinadigan soliqlar qatoriga kiruvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham boshqa soliqlar kabi mohiyati, ya’ni soliqchi va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashda o‘z aksini topadi. Oborotdan olinadigan soliqlarning tavsifi quyidagi jadval orqali tasvirlaymiz.

 

Oborotdan olinadigan soliqlar

1-Chizma

Oborotdan olinadigan soliqlar



 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

 

Aksiz solig‘i

 

Eksport buyumlar bojxona to‘lovlari

 

Benzin, dizel va gaz ishlatganlik uchun soliq

     
     
     
     
     

 

 

 

 

 

 

 Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurkim har qanday iqtisodiy kategoriya avvalo qiymat kategoriyasi sifatida shakllanadi, so‘ng bunday voqelik harakati iqtisodiy munosabatlarda o‘z ifodasini topadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) yaratilishi bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos unga mos soliq munosabatlarini yuzaga keltiradi va uning takomillashtirilib borilishini ta’minlaydi. Shunday ekan qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyati boshqa soliqlarga mansub munosabatlar doirasida shakllantiriladi va rivojlantiriladi.

Auditor kuydagiga yetibor birishi kirak.

QQSning soliq solish ob’ektlari

2-Chizma


 


 


 

 

 

 

Amaliyotda QQS deganda bevosita byudjetga tushadigan majburiy pul to‘lovi tushuniladi. Bu esa QQSni boshqa soliq turlariga tenglashtirila-yotganligidan dalolat berishi, qolaversa QQSni mohiyati boshqa soliq turlariga bog‘liq holda befarqli ta’riflanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
    QQSni to‘lash xo‘jalik sub’ekti bilan davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti davridagi asosiy shakli, daromadlarni bir qismini xo‘jalik sub’ektlari bilan davlat o‘rtasida taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.

 

 

Auditor bundan tashkari kuydagilarga yetibor birishi kerak:

  • Oborotdan olinadigan soliqlarning stavkalarni to'g'ri kulanilayotganligini tukshiradi;
  • soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun hujjatlari va yo’riqnomalarning noto’g’ri qo’llanishi;
  •   soliq stavkalarining noto’g’ri qo’llanilishi;
  •   soliqqa tortiladigan bazaning noto’g’ri aniqlanishi;
  •   penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi;

Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi:

  • soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish;
  •   soliq organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning buzib ko’rsatilishi yoki yashirilishi;
  •   byudjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar

sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigandaromadlarni noto’g’ri turkumlash yoki  hisob-kitob qilish;

  •   soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun bosh va sho’’ba korxonalar

o’rtasidagi hisob-kitoblar bo’yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish.

  • Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatidasoliq stavkalarini qo’llash, soliq

solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to’lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash va hakazo talablar aks ettiriladi;

  • Soliq majburiyatlarining noto’g’ri aniqlanishi katta moliyaviy yo’qotishlar

keltirib chiqarishini hisobga olib, auditorlar ushbu uchastkada tekshiruvlarni tashkil etish va o’tkazish texnologiyasiga alohida e’tibor berishlari lozim. Tekshiruvlarni

muvaffaqiyatli o’tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

 

  • byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishga yuqori malakalimutaxassislarni jalb qilish;
  •   xodimlarni soliqqa tortish masalalarigaoid tezkor axborotlar va me’yoriy

hujjatlar bilan ta’minlash;

  auditorlar oddiy kundalik muammolar ustida takroran ishlamasliklari uchun, korxona ichida soliqqa tortishning dolzarb masalalariga  doir axborotlar va ishlanmalarni almashishni tashkil etish;

  mijoz tomonidan taqdim qilinadigan, soliqqa tortish masalalariga doir yozma axborotlar sifatini samarali nazorat qilish;

    • korxona ichida soliq bo’yicha maslahatberish texnologiyasini barpo qilish va byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish natijalari bo’yicha rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan ishchi hujjatlarining maxsus shakllarini ishlab chiqish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2000-yildan boshlab, to hozirgi 2015-yilga qadar eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkasi bekor qilinib yagona 20 foizli stavkaning qat’iyligi qo‘llanilib kelmoqda.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar oltita xususiyatga va iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nallishlarga ega bo‘lgan sub’ektlar bo‘lib hisoblanadi. Bunday sub’ektlarga quyidagilar kiradi: 

1.Mulkchilikning hamma shakllarga mansub bo‘lgan, yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaxs bo‘lgan, lekin mustaqil balansga hamda bank muassasalarida hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan filiallari, vakolatlari va boshqa alohida bo‘limlari.

2.Xo‘jalik hisob-kitoblarida turmaydigan, lekin xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlar. 

3.O‘zbekiston Respublikasi xududida chet-el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar, ularning sho‘’ba korxonalari va filiallari, xo‘jalik hisob tamoillarida xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan va O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan xalqaro

 birlashmalar, ularning filiallari va sho‘’ba korxonalari.

4.Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro noxukumat tashkilotlari yoki birlashmalari.

5.Ishlab chiqarish va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka (oylaviy) xususiyat korxonalari. 

6.Tovarlar, ishlar va xizmatlarni import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning import qilinayotgan ana shu tovarlari bo‘yicha. Ushbu sub’ektlar QQSni byudjetga to‘lashini amalga oshirishda soliq stavkasi, soliqsolish ob’ekti va imtiyozlarni va amaldagi soliqqonuniyatlaridan foydalangan holda ularni yuzaga keltiruvchi omillarni alohida e’tiborga olishlari muhimdir. Shu bois QQSni aniqlashda soliq to‘lovchilari quyidagilarga alohida etibor berishlari zarur, ya’ni: 

- soliqqa tortiladigan ob’ektga;

- soliqqa tortiladigan oborotni aniqlash tartibiga;

- imtiyozlarga. 

Avvalo QQS ob’ektlari bo‘lib mahsulotni, ishlar va xizmatlarni

realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar hisoblanadi.

QQSga tortiladigan oborotga esa quyidagilarning kiritilishi amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan, ya’ni: 

- o‘zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olgan mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq oborotlar;

- iste’mol qiymatiga qo‘shish shuningdek yangi qiymat bilan bog‘liq bo‘lgan bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi;

- o‘z ixtiyojlari uchun korxona ichida tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar (bu oborotlar harajatlari mahsulot, ishlar va xizmatlar tannarxiga qo‘shilmaydi), shuningdek o‘z xodimlariga tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar, yordamchi xo‘jalik tovarlarini realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar; 

- bevosita pul bilan haq to‘lanmay barter bitimlari bo‘yicha boshqa tovarlarga almashtirib, ortib junatilgan tovarlar oborotlari;  
- boshqa korxonalar va jismoniy shaxslarga tekinga yoki qisman haq olib tovarlarni berish oborotlari; 

- O‘zbekiston Respublikasi xududida import tovarlar, ishlar va xizmatlarni hamda chet el valyutasiga tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari; 

  • korxonalar o‘z haridorlar va buyurtmachilariga tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish chog‘ida ulardan moliyaviy yordam sifatida oladigan yoki foydani ko‘paytirishga sarflanadigan pul mablag‘lari summalari. 

Shuning bilan birgalikda quyidagilar soliqqa tortiladigan oborotga kiritilmaydi:

 -bankda hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lmagan hamda asosiy korxonaning balansida turadigan tarkibiy birikmalar o‘rtasidagi zavod ichki oboroti; 

- kooperativ, shirkat, jamiyat a’zolari, boshqa turdagi korxonalarning tasischilari o‘rtasida ular tugatilishi natijasida mol-mulkni taqsimlash oborotlari bu qanday tugatilgan korxonannig mol-mulkini boshqa shaxslarga sotish hollariga taalluqli emas); 

-qimmatbaho metallar rudalarini qayta ishlash uchun sotish (shu jumladan, qimmatbaho metallarni qazib olish bo‘yicha konlarni tayyorlash va ustki qatlamini ochish bo‘yicha izlovchilar artellari va boshqa korxonalar tomonida bajariladigan ishlarni realizatsiya qilish oborotlari), qayta ishlash va affinatsiyalash uchun qimmatbaho metallarning konsentrantlari va yarim mahsulotlarni, takror qayta ishlash va affinatsiyalash uchun qimmatbaho metal parchalari va chiqindilarini realizatsiya qilish oborotlari, shuningdek qimmatbaho toshlarni va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat xazinasiga realizatsiya qilish oborotlari ana shular jumlasidandir.

 Soliqqa tortiladigan ob’ektlarga ichki imkoniyatlardan yoki davlat byudjetining daromadlarini dinamik o‘sishidan kelib chiqqan holda Oliy Majlis tomonidan berilgan vakolatli ijro Davlat organlari tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar vakolatli davlat organlari tomonidan qabo‘l qilinadigan qarorlarda, nizomlarda yoki yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan holda soliq to‘lovchilariga yetkaziladi. 

QQSga tortiladigan oborotni aniqlash tartibi va soliq imtyozlari

QQSga tortiladigan oborot xo‘jalik faoliyatlarini yurg‘izuvchi soliq to‘lovchilarining faoliyat turlari bilan bog‘liqdir. Faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda soliqqa tartiladigan oborotlar belgilanadi.  
Soliqqonuniyatlaridan kelib chiqqan holda yettita faoliyat turiga mansub soliq to‘lovchilarga nisbatan soliqqa tortish mumkin bo‘lgan oborotlar berkitilgan. Bular quyidagilardan iborat.

Birinchidan, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarni (ya’ni, vositachilik, aloqa, reklama, ma’lumotlarga ishlov berish va boshqa xizmatlar) realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat turi bo‘yicha soliqqa tortiladigan oborot QQSsiz, tashqariga olib chiqilayotgan tovarlarga soliq yoki bojsiz erkin (shartnomaviy) yoki belgilangan narxlar va tariflar, shu jumladan aksiz solig‘i belgilangan tovarlar bo‘yicha aksiz summalaridan iboratdir.

Ikkinchidan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ayirboshlash, shuningdek tovarlarni tekinga yoki qisman xaq olib borish faoliyati turi bo‘yicha soliqqa tortiladigan oborot ayirboshlash paytida birjadagi kotirovkalash bo‘yicha tarkib topgan, ularga davlatning belgilangan narxlari mavjud bo‘lganda esa ana shu narxlardan kelib chiqqan holda erkin (shartnomaviy) narxlarning (aksizni qo‘shganda) o‘rtacha darajasi bo‘lib hisoblanadi.

Информация о работе Korxona oborotidan olinadigan soliqlar auditi