Автор работы: Пользователь скрыл имя, 30 Апреля 2015 в 10:21, курсовая работа
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlarini kamaytirish, ularni hisoblash mexanizmini soddalashtirish muhim masalaga aylanib bormoqda. Bu borada hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi haqida mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov alohida to‘xtalib: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, ya’ni soliq stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi” deb ta’kidlaganlar.
KIRISH………………………………………………………………… ..3
I BOB. OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Oborotdan olinadigan soliqlarning auditining mohiyati, ob’ekti va subekti……………………………………………………………………..….7
1.2 Oborotdan olinadigan soliqlar auditininig maqsadi va vazifalari........………........................................................................................17
1.3 Oborotdan olinadigan soliqlar hisobining auditi...............................20
II BOB « BOGIZOGON» MCHJDA OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI.
2.1 « BOGIZAGON» MCHJning faoliyati va ular tulaydigan soliqlarning tasnifi va tavsifi ...............................................................................................23
2.2 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar
hisobining auditi.......................................................................................31
2.3 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar
Auditi va uni yaxshilash yo’llari..............................................................39
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………......41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...43
ILOVALAR……………………………………………………………....49
Uchinchidan, korxonalarning o‘zida ishlab chiqarilib, harajatlari
ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga kiritilmaydigan tovarlar (ishlar,
xizmatlar)dan korxonaning ichida foydalanish faoliyati turi bo‘yicha
shu yoki shunga o‘xshagan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) ular
bo‘yicha qo‘llaniladigan narxdan kelib chiqib hisoblangan qiymati,
ular bo‘lmaganida esa amaldagi tannarxi soliqqa tortiladigan oborot
bo‘lib hisoblanadi.
To‘rtinchidan, mehnatga korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlar
bilan natura holida haq to‘lash faoliyat turi mahsulotni chetga realizatsiya
qilish chog‘ida, belgilangan narxlar qo‘llaniladigan tovarlar bo‘yicha
esa ana shu narxlardan kelib chiqib qo‘llaniladigan erkin (shartnomaviy)
narxlar (aksizni qo‘shib) soliqqa tortiladigan oborotdir.
Beshinchidan, korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlarni
aholiga, shu jumladan o‘z xodimlariga erkin (kelishilgan) narxlarda
realizatsiya qilib, kassa orqali hisob-kitob qilish faoliyati turi bo‘yicha
erkin kelishilgan narxlardagi oboroti soliqqa tortiladigan oborot bo‘lib
hisoblanadi.
Oltinchidan, import qilingan tovarlar bo‘yicha (agar O‘z.R. byudjetga
to‘langan QQS summasi noma’lum yoki yo‘q bo‘lsa) tashkil etilgan
faoliyatning soliqqa tortiladigan oboroti bo‘lib tushum chog‘idagi
tovarlarning harid (so‘mlarga aylantirilgan) narxi bilan sotilish
narxi o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
QQS bo‘yicha ham imtiyozlar qullanib kelinishi
uni to‘lovchilariga nisbatan ma’lum engilliklarni yuzaga keltirishi
bilan birgalikda, soliq to‘lovchilarini moliyaviy natijalarining barqarorlashtirilishiga
xo‘jalik faoliyatining kengaytirilishiga ma’lum shart sharoitlar
yaratib yerilmoqda.
Soliq to‘lovchilarga nisbatan amal qilayotgan soliq imtiyozlari O‘z.
R. Soliq kodeksining2 71 moddasida izohlab berilgandir.
- QQSdan ozod etish;
- QQSning "0" (nol) darajali stavkasi.
3-Chizma
.
Shunday qilib QQSni kamaytirilgan stavkada to‘lovchilar soliq summasini umum qabu qilingan stavkadan past stavkada to‘lashadi. Imtiyozning bu turi asosan ijtimoiy zarur mahsulotlar bolalar uchun tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari va shularga o‘xshash ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga beriladigan bo‘lsa, unda imtiyozning ikkinchi turi-QQSdan ozod qilish - bir xususiyatga ega: korxona o‘zi ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni sotish bo‘yicha QQSni hisoblab chiqarmaydi va to‘lamaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan moddiy resurslar bo‘yichaQQS to‘lovchisi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, korxona QQSdan faqatgina qisman ozod etiladi. Korxona bu holda oxirgi iste’molchi bo‘lib qolmoqda va resurslar sotib olgani uchun QQSni o‘z hisobidan to‘lab bermoqda, ya’ni QQSni o‘zi ishlab chiqargan mahsulot iste’molchilariga ko‘chirib bera olmaydi.
Nol darajali stavka korxonani QQS to‘lashdan butunlay ozod qiladi. Bunda ishlab chiqaruvchi moddiy resurslar sotib olishda to‘laganQQS summasini qoplash xuquqini oladi.
1.2. Oborotdan olinadigan soliqlar auditining maqsadi va vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar qisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan.
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin:3
• Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi.
• Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi.
• Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar – ularga foyda solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi.
• Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq.
Buni quydagi jadval orqali ko’rish mumkin:
Buni quydagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin:
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin: |
Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi |
• Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi. |
• Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar – ularga foyda solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi. |
• Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq. Buni quydagi jadval orqali ko’rish mumkin:
| |||
Oborotdan olinadigan solikdar auditining maqsadi byudjetga undiriladigan soliq majburiyatlarini to‘g‘ri aniqlash va hisobotlarda aks ettirish. Tulik foydalinilmagan imkoniyatlarni aniklash, korxona xodimlarining uz vazifalarni tulik bajarishni taminlaydi.
Oborotdan olinadigan soliqlar auditining buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatidagi quyidagi vazifalari mavjud:
1.3 Oborotdan olinadigan soliqlar hisobining auditi:
Biz aynan birinchi turdagi soliqlar hisobi bilan, ya’ni QQS va aksiz solig‘ining buxgalteriya hisobida aks ettirilish tartibi bilan tanishamiz.
21- son BHMSga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning hisob-kitoblarihi audit qilishda auditor quydagi schotlardagi yozuvlarni tekshiradi. 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotida hisobga olinadi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 “ Byudjetga QQS bo‘yicha qarz”, 6412 “Byudjetga aksiz bo‘yicha qarz” va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu schotlardagi yozuvlarni auditor tekshirish chog’ida ushbu schotlar passiv schyotlar bu schotlarni kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tkazib berilishi aks ettirilishini auditor tekshiradi.
Auditor ushbu schyotdagi yozuvlarni tekshiradi 6410-schyot bu passiv schyot ushbu schyotning kreditdagi koldigini bosh kitob, oborot vidimislari bilan solishtirilib kuriladi.
Haridor va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotlarga to‘g‘ri keladigan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo‘yicha ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
Bundan tashkari Auditor kuydagidarga yetibor birishi kerak:
(1) - usul. Soliqqa tortiladigan aylanma QQSsiz belgilanganda:
Sqqs = Say x S / 100 (1)
bunda: Sqqs - buyurtmachilardan undiriladigan soliq summasi;
Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
(2)-usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda:
Sqqs = Tq x S / (S + 100) (2)
bunda: Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan mahsulotlar qiymati.
Misol: Haridor va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotning qiymati schyot-faktura bo‘yicha QQS bilan birgalikda 240 mln. so‘m, deylik.
Ushbu misol bo‘yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan topiladi va u 40 mln. so‘mni (240 * 20 % / 120 %) tashkil etadi. Bu holda mahsulotning qiymati QQSsiz sotish qiymati 200 mln. so‘mdan (240 -40) iborat bo‘ladi.
QQS summasi qurilish ishining QQSsiz sotish qiymatidan (1)-formula bo‘yicha hisoblanganda ham 40 mln. so‘mni (200 * 20% / 100 %) tashkil etadi.
Soliqlar bo‘yicha majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Tovar(ish,xizmat)lar ta’minotchilardan sotib olinganda, Auditor quyidagi yozuvlarni tekshiradi.
Debet 6010,6990
Kredit 4410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar)
Tovar(ish,xizmat)lar haridor va buyurtmachilarga sotilganda,
Debet 4010,4020,4110,4120,4210,5010
Kredit 6410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar)
Soliq to‘lovlari oldin o‘tkazib berilgan bo‘nak summalariga, shuningdek boshqa
yuridik shaxslarga aktivlar, ishlar va xizmatlarni olishda to‘langan QQS summasiga kamaytiriladi. Bunday kamaytirishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha avans to‘lovlari” (turlari
bo‘yicha).
Avans to‘lovlaridan keyingi qolgan majburiyatlar summalari byudjetga belgilangan
muddatlarda o‘tkazib berilishi kerak. O‘tkazilgan majburiyatlarga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 5010,5110,5210,5510,5530,5890 (pul mablag‘lari schyotlari)
Agar byudjet oldidagi majburiyatlar bank kreditlari va olingan qarzlar evaziga uzilsa, u holda:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 6810,6820 (kredit va qarzlar schyotlari)
II BOB « BOGIZOGON» MCHJDA OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI:
2.1 « BOGIZAGON» MCHJda soliq tizimi va to‘laydigan soliq turlarining auditi.
Bizning korxonamiz haqida qisqacha to’xtalib o’tsak:
1.1. «Bogizogon» mas’uliyati cheklangan jamiyati, bundan keyin «jamiyat» deb yuritiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi № 3202-PF sonli «O'zbekiston iktisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoniga asosan va O'zbekiston Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 19 apreldagi № 189 sonli «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshkaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi karoriga asosan va O'zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Kumitasi Samarkand viloyat boshkarmasining 2003 yil 27 dekabrdagi № 199-P buyrugiga asosan va «Bogizogon» MCHJ tuzish to'g'risidagi 2003 yil 29 dekabrdagi ta’sischilik shartnomasiga asosan tashkil etilgan.
Ushbu jamiyat Ustavi yangi taxrirda 2008 yil 10 dekabrdagi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashkari umumiy yigilishi karori bilan tasdiklangan.
2008 yil 10 dekabrda imzolangan yangi taxrirdagi «Bogizogon» MCHJ ni tuzish haqidagi ta’sischilik shartnomasi ushbu Ustavning ajralmas kismi hisoblanadi.
Ta’sischilar: O'zbekiston Respublikasi fukarolari va yuridik shaxslar.
1.2. Jamiyatning tulik huquqiy nomi: «BOGIZOGON» mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Jamiyatning kiskartirilgan nomi: «BOGIZOGON» MCHJ
1.3. Jamiyatning manzilgoxi: O'zbekiston Respublikasi, Samarkand viloyati, 141503, Taylok tumani, Bogizogon kishlogi.
1.4. Ushbu Ustav O'zbekiston Respublikasining korxonalar to'g'risidagi «O'zbekiston Respublikasida mulk to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
Korxonada 2014 – yil yanvar oyida jami 196 kishi ishlagan. Ularning taqsimoti 25 – ilovada keltirilgan.
Korxonaning shtat jadvaliga muvofiq 196 kishidan iborat xodimlardan
52 nafari boshqaruv xodimlari, sex boshliqlari va mutaxasislardir. Qolgan 144 nafar xodim bevosita va bilvosita ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar hisoblanadi.
Buni quyidagi diagrammada aniqroq ko’rishimiz mumkin:
1-deagirama
5-diagramma. “Bog’izag’on” MCHJ xodimlarining tarkibi
Bizning korxonamizda ishlaydigan ishchilar soni quydagi deagiramada yaqol ko’rsatilgan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Tadqiqot obekti hisoblangan «BOGIZAGON» MCHJ soliq solish tizimiga asosan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘laydi. Ularni quyidagi xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishimiz mumkin:
• Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va
eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi.
• Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi.
• Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar – ularga foyda solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi.
«BOGIZAGON» MCHJ to‘laydigan soliq turlarini quyidagi jadval asosida keltirishimiz mumkin:
«BOGIZAGON» MCHJ to‘laydigan soliq turlari
5-Chizma
Bularga xam quydagilar kiradi:
1-jadval
Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar |
Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar |
Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar |
1. QQS |
1.Mol-mulk solig‘i |
1.Foyda solig‘i |
2.Aksiz solig‘i |
2. Yer solig‘i |
2. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i |
3. Benzin, dizel va gaz ishlatganlik uchun soliq |
3. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq |
|
4. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq |
Soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari har chorakda mahalliy soliq
insipeksiyalariga taqdim etiladi. Faqat mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari har yilda bir marotaba soliq organlariga taqdim etiladi.
Soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari har chorakda mahalliy soliq
insipeksiyalariga taqdim etiladi. Biz uchun korxonamizda oborotdan olinadigan soliqlar bo’yicha yani QQS, aksiz va bochxona bo’jlari auditi qanday olib borishligini kurib chiqamiz Bundan tashqari korxonamizda oborotdan olinadigan soliqlar taxlili xaqida fikir yuritishdan avval u tammondan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xajmi xaqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman. .
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularning nomlari 2-ilovada keltirildi. Korxona tomonidan 2014-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmlari va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishini quyidagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkin
“Bog‘izag‘on” MCHJning mahsulot ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida ma’lumot
2-jadval
№ |
Tovarlar nomi |
Birligi |
Ishlab chiqarish hajmi |
O‘zgarishi, % | ||
2013-yil |
2014-yil | |||||
Biznes reja |
Haqiqatda | |||||
1 |
2 |
3 |
5 |
6 |
7 |
8 |
1 |
Vino |
ming dal |
100 |
100 |
105,7 |
105,70 |
2 |
Konyak |
ming dal |
20 |
15 |
21,2 |
106,00 |
3 |
Aroq va likor mahsulotlari |
ming dal |
423,5 |
430 |
424,5 |
100,24 |
Manba. 2014-yil uchun korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumoti
Jadvaldan kurinib turibdiki korxona 2014-yilda barcha mahsulotlarini o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq ishlab chiqarishga muaffaq bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki korxona o‘tgan yilga nisbatan o‘z faoliyatini rivojlantirishga erishgan.
“Bog‘izag‘on” MCHJning tayyor maxsuloti bo’lib quydagilar xisoblanadi: (1-ilova)
SHu sababli xam ular QQS,aksiz soliqlarini to’laydilar:
Bizning korxonamiz kupincha aksiz osti tavarlarni ishlab chiqarganligi uchun ularni O’zbekiston xududiga import qilishda xamda exsport qilishda albatda aksiz markalaridan foydalaniladi. Auditor bu aksiz markalariga etibor bermog’i kerak sababi sifatsiz aksiz osti tavarlarni kirib kelishini oldini olgan bo’ladi bu aksiz markalari to’g’risidagi malumotlarni Quyidagi jadvaldan ko’rishingiz mumkin.
Информация о работе Korxona oborotidan olinadigan soliqlar auditi